Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Akademik litseyda tarix fani bo‘yicha davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 1-
bob 2 paragraf, 2-bob 2 paragrafdan hamda xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlardan iborat.
10
JAHON HAMJAMIYAТI” MAVZUSINI O‘QIТISHNING O‘ZIGA ХOS JIHAТLARI 1.1. Akademik litseyda tarix fani bo‘yicha davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati. «Тa’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori
bajarilishini ta’minlash, mazmunan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamon talablari asosidagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etish maqsadida kasb-hunar kollejining Davlat ta’lim standartlari 2000 yil 16 oktabrda Vazirlar Mahkamasining 400-sonli Qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida ta’lim muassasalarida tajriba- sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlandi. Yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yaratsin, ular o‘z vaqtida nashr etilishini, barcha ta’lim muassasalariga yetkazilishini va o‘quv jarayoniga joriy etilishini va 2000/2001 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi:
11
- «Тa’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; - «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori ;
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori va boshqalar. O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi ta’lim jarayonini belgilab berish, o‘qitishning asosiy mazmunini, ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malaka talablarini, kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim muassasalari faoliyatini baholash mezonlari va mexanizmlarini aniqlash orqali kadrlar tayyorlash sohasida eng maqbul tartibga solish darajasiga va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining kafolatlangan darajasi va sifatiga erishishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar majmui hisoblanadi.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling