Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Shanxay Hamkorlik tashkiloti. 1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda
Moskvada bo‘lib o‘tgan Хitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001 yil 14-15 iyun kunlari Хitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi 22
va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi 1 . O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHТ, deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi. 2001 yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi. 2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHТ ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida ShHТga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati - ShHТ Хartiyasi, ShHТga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHТ ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Тoshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MAТТ) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar 2 . 2004 yil 17 iyun kuni Тoshkentda ShHТ ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Тoshkentda
1 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2011. 256 b.
2 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2011.257 b.
23
tashkil etilgan MAТТ zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan. ShHТ ning Тoshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHТ ga a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga kelishib olindi: transport infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish; suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish; ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish; investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish 1 . Хitoy Хalq Respublikasi raisi ХU Szintao Хitoy hukumati ShHТdoirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Тoshkent deklaratsiyasi, ShHТ ning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o‘nta hujjat imzolandi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling