Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

YEХHТ bilan hamkorlik. O‘zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda 

tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta 

tadbirlarni  amalga  oshirayotgan  nufuzli  xalqaro  tashkilot  –  Yevropada  xavfsizlik 

va  hamkorlik tashkiloti – YeХHТ  ga a’zo  bo‘lib  kirdi.  I.Karimovning 1992  yil  9-

10  iyulda  bo‘lgan  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  majlisida 

ishtirok  etishi,  unda  nutq  so‘zlashi  va  Kengashning  10  iyulda  bo‘lgan  majlisiga 

raislik 

qilishi 


O‘zbekistonning 

jahon 


hamjamiyatida 

munosib 


o‘rin 

egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o‘z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik 

va barqarorlikni buzishi  mumkin bo‘lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, 

mojarolarga  yo‘l  qo‘ymaslik  muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  mexanizmni 

vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, 

hujjatlar  mojarolarni  oldini  olish,  yo‘l  qo‘ymaslik  ruhida  bo‘lishini  ta’minlash 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 256 b.

 



21 

 

takliflarini  ilgari  surdi.  1999  yil  noyabr  oyida  bo‘lgan  YeХHТning  Istanbul 



sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka 

qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 

1996  yil  fevral  oyida  O‘zbekiston  bilan  Yevropa  Ittifoqi  o‘rtasida 

hamkorlik  o‘rnatish  bo‘yicha  muzokaralar  bo‘ldi.  Shu  yil  iyul  oyida  Florensiya 

shahrida  Yevropa  Itgifoqi  bilan  O‘zbekiston  o‘rtasida  sherikchilik  va  hamkorlik 

to‘g‘risida  Bitim  imzolandi.  Bu  hujjat  O‘zbekistonning  Yevropa  Ittifoqi  va  unga 

a’zo bo‘lgan 15 ta mamlakat bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo‘lib 

siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  madaniy  aloqalar  uchun  keng  imkoniyatlar 

ochdi.  Yevropa  Ittifoqi  bilan  hamkorlik  O‘zbekistonning  xavfsizligi  va 

taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston  mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini  muhofaza 

qilish  bo‘yicha  Vena  Konvensiyasiga,  ozon  qatlamini  kamaytiradigan  moddalar 

xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi  vositalarni  harbiy  yoki 

boshqa  dushmanlik  maqsadida  qo‘llashni  taqiqlovchi  Konvensiyaga,  Yadro 

qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo‘shilgan. 

Shunday  qilib,  O‘zbekiston  tarixan  qisqa  bir  davrda  jahon  hamjamiyatiga 

qo‘shildi,  xalqaro  va  mintaqaviy  muammolarni  hal  qilishda,  umumiy  va 

mintaqaviy 

xavfsizlikni 

mustahkamlashda 

faol 

qatnashayotgan 



nufuzli 

davlatdarajasiga ko‘tarildi. 




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling