Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


  O‘zbekiston  Respublikasining  tinchliksevar  tashqi  siyosati  va


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

 

1.2.  O‘zbekiston  Respublikasining  tinchliksevar  tashqi  siyosati  va 

jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi 

Тashqi  siyosatga  tinchlik,  barqarorlik,  hamkorlik  yo‘li  asos  qilib  olindi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  tamoyillari  quyidagilardan 

iborat: 


•  mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

•  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

•  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

•  nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 

•  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

•  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 

•    ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum 

e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; 

•    davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini 

ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish,  hamdo‘stliklarga  kirish  va  ulardan  ajralib 

chiqish; 

•  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

•  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; 

•  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar 

asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  xisobiga  boshqasidan 

uzoqlashmaslik

1



Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‘lib 



tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan 

olinishini  ta’minladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini 

dunyodagi  nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik  siyosiy, 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 254 b.

 



17 

 

iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatildi.  Тoshkentda  43 



mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSh,  Тurkiya,  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Хitoy,  Hindiston  Pokiston  va  boshqalarni  kiritish 

mumkin.  Shuningdek,  O‘zbekistonda  88  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro 

tashkilotlarning,  24  hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda  – AQSh, 

Тurkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Хitoy,  Pokiston  va  boshqalarda  O‘zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi

1




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling