Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Kollejda  O‘zbekiston  tarixi  bo‘yicha  bilish  kerak  bo‘lgan  minimal


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

Kollejda  O‘zbekiston  tarixi  bo‘yicha  bilish  kerak  bo‘lgan  minimal 

talablar: 

O‘zbekiston tarixi (1917—2015 yy.): 

-  Тurkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Тurkiston muxtoriyati 

haqida bilimlarga ega bo‘lish; 

-  istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi 

bilimlarga ega bo‘lish; 

-  sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning 

mustamlakachilik mohiyatini anglash; 

-  sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati 

va uning oqibatlarini bilish; 

-  O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning 

fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga 

ega bo‘lish; 

-  O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy-

siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish; 

-  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik 

Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash; 

-  O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy 

ahamiyatini bilish; 

-  O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish; 

-  O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga 

doir ma’lumotlarni to‘la egallash; 

                                                             

1

 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 



13 

 

-  tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi 



mezonlarida tahlil eta olish; 

-  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid 

asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; 

-  bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida 

mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari 

to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish; 

-  dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish 

vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga 

oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 

-  hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida 

bilimlarga ega bo‘lish; 

-  O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini 

barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish; 

-  xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza 

yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish; 

-  darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar 

bilan mustaqil ishlay olish; 

-  o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi 

hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish; 

-  egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga 

munosabat bildira olish; 

-  tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat 

muammolarini hal qilishda foydalana olish. 

-  insoniyat  oldidagi  umumbashariy  muammolar  haqida  bilimlarga  ega 

bo‘lish

1



Umuman  olganda,  O‘MKHТ  standartlarining  joriy  etilishi  quyidagi 

maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: 

                                                             

1

  “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 

 



14 

 

-  O‘MKHТning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan 



chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish 

talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; 

-  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat 

ehtiyojlaridan,  fan,  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib 

chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; 

-  O‘MKHТning  demokratlashuvi,  insonparvarlashuvi  va  ijtimoiylashuvi, 

ta’lim  oluvchilarning  huquqiy  va  iqtisodiy  bilimlari  darajasini,  shuningdek  ta’lim 

jarayoni samaradorligini oshirish; 

-  sifatli  ta’lim  xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim  va kadrlar tayyorlash sohasida 

shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; 

-  kadrlar  tayyorlash  sifatini  va  ta’lim  faoliyatini  baholash  mezonlarini  va 

tartibini belgilash; 

-  O‘MKHТ 

jarayonini 

va 

kadrlar 


tayyorlashning 

izchilligi 

va 

uzluksizligini ta’minlash; 



-  mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash

1




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling