Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 0.63 Mb.
bet2/4
Sana04.12.2020
Hajmi0.63 Mb.
#159363
1   2   3   4
Bog'liq
KTE mustaqil 49 var by sarzeez

Boshqaruv qurilmasi


Boshqaruv qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh) vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi.

Komandalar registri - xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.

Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida joylashgan.

Operatsiyalar deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish yo‘llaridan birini tanlaydi.

Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) -ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi. Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi.

Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) - komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma.

Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo‘riqlar - mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi:

MPX komandasining manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining manzilini tanlab olish;

XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish;

XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni solishtirib chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish hamda operandlarning to‘liq manzillarini shakllantirish;

operandlarni (shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va ushbu

operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish; amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish.

Arifmetik-mantiqiy qurilma


Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi.



Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.

2-rasm.

Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.

Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega.

Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;

Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.

Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.

MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi.

O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling