Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari unversiteti navoiy axborot texnologiyalari texnikumi


Download 305.48 Kb.
bet2/9
Sana27.02.2023
Hajmi305.48 Kb.
#1233958
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IP manzil tushunchasi

Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internetning keskin rivojlanishi va WWW bo`ylab sayoxatlarning ommaviylashishi shunga olib keldiki, ularni bir xil deb tushuna boshlashdi. Kelinglar, avvalo shuni xal qilib olaylik Internet va Butun Dunyo Tarmog`i bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to`plamini belgilaydi. Internet turli xil kompyuter xizmatlarni ko`rsatadi. Bu - elektron pochta, Usenet telekonferensiyalari, FTP ma`lumotlar fayllarini uzatish sistemasi, Telnet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sestemasi va Butun Dunyo Tarmog`i - WWW.Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir. Lekin U Juda tez rivojlanmoqda.
Web ning asosiy rivojlanish pog`onalaridan biri 1993 - yilda chiqarilgan Mosaic for Windows brauzer programmasiga to`g`ri keladi. 2 - avlod programmasi Netscape brauzeri bozorda Mosaic for Windows dan keyin darxol paydo bo`ldi. Mosaic for Windows World Wide Web dunyosi eshigini foydalanuvchilarga biroz ochib bergan bo`lsa, Netscape o`zining funksional imkoniyatlari bilan bu eshikni millionlab foydalnuvchilarga keng ochib yubordi.
WWW - Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kopyuter bilan modem etarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog`i butun olamni axborotlar ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWWda ma`lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar Egasi kim? Ular yirik korporasiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro`znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli - tuman ma`lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.
Bu takrorlanmas ip manzil qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.
1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning ko'rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur saytlarga o'rnatilgan.



Download 305.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling