Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti
Download 0.94 Mb.
|
ilmiy tadqiqotlar
2.3-rasm. Birlamchi ma’lumotlar kartochkasi:
yuza qismi; b) orqa qismi. ma’lum bir xulosaga kelinadi. Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbayida yechilgan muammo yoki masala siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa bunday holda ushbu manba undagi yoritilgan masalalar haqida qisqacha xulosa shakllantirilib undan zarur bo‘lganda foydalanish uchun konspekt tuzib qo‘yiladi. O‘rganib chiqish jarayonida keltirilgan materiallar tadqiqot mavzusiga oid bo‘lsa uni chuqur o‘rganib chiqiladi va natijalari quyidagi tartibda qisqacha yozib olinadi (2.4-rasm). Tadqiqot mavzusiga oid sizdan oldin olib borilgan ilmiy izlanishlar qayd etilgan ma’lumotlar (axborotlar) manbalarini o‘qib o‘rganib chiqish natijalari sxema bo‘yicha (2.4-rasm) qayd etilishi va quyidagi tartibda tanqidiy tahlili amalga oshirilishi lozim: tadqiqot olib borilayotgan yo‘nalishda fanni erishgan yutuqlarini qayd etish; tadqiqot olib borilayotgan sohadagi ilg‘or usullar, original g‘oyalarni aniqlash; 2.4-rasm. Ma’lumotlar manbayini o‘qib o‘rganib chiqish natijalarini qayd etish sxemasi. ilmiy tadqiqot mavzusiga oid muammoni (masalani) yechimi bo‘yicha oldin olib borilgan tadqiqotlar kamchiliklarini ko‘rsatish; tadqiqot mavzusiga oid izlanishlar olib borishni keyingi bosqichlarini belgilash; Tadqiqot mavzusiga oid izlanishlarni tanqidiy tahlili, ayniqsa aniqlangan kamchiliklar asoslar va aniq dalillarga suyangan holda amalga oshirilishi va undagi kamchiliklar (tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmaganligi, uslublari eskirganligi, o‘lchov priborlarini yetarli aniqlik ko‘rsatkichiga ega emasligi va h.k.lar) aniq ko‘rsatilishi kerak. Tadqiqot mavzusiga oid va unga turdosh sohalarda olib borilgan oldingi ilmiy izlanishlar natijalari o‘rganilgan manbalarda ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi faktorlarning muhimligi va salmog‘ini baholashda mualliflar fikr va xulosalari bir xil bo‘lmagan hollarda fikrlarni o‘zaro to‘g‘ri kelishi (rangoviy) darajaviy korrelatsiya usulida matematik tahlili o‘tkaziladi. Tahlil natijasi asosida belgilarni (alomatlarni) muhimligi haqidagi fikrlar (muvofiqlik) darajasi qiymati (kattaligi) aniqlanadi va bu kattalik konkordatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Barcha o‘rganilgan manbalarda mualliflar tomonidan faktorlarni muhimligi va salmog‘ini baholanishi to‘la o‘zaro to‘g‘ri kelsa konkordatsiya koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘ladi. Ma’lumotlar manbalarida keltirilgan belgilar rangi (darajasi) yig‘indisi qancha kichik bo‘lsa ushbu belgi ko‘proq muhim ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi ishchi gipotezani shakllantirish, ishlab chiqishdir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling