Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti


Download 0.94 Mb.
bet10/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1525740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
ilmiy tadqiqotlar

Muammoni qo‘yish (shakllantirish). Ilmiy muammoni izlash va tanlash insonning ilmiy tafakkuri va amaliy faoliyatidagi eng murakkab va hali o‘rganilmagan va ma’lum bo‘lmagan bilimlarni izlab topishdek biri ikkin- chisini inkor qiladigan jarayondir.
Muammoning to‘g‘ri shakllantirilishi va uni qo‘yilishi, tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar olib borish chegaralarini belgilab olinishi qanchalik mukammal amalga oshirilganligi, ilmiy tadqiqot natijalariga erishishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu masala, ya’ni muammoni qo‘yish aksariyat hollarda har bir tadqiqot mavzusi uchun individual yondashuv asosida hal etiladi.
Shu bilan birga ma’lum umumiylikka ega quyidagi qoidalar mavjudligini ham aytib o‘tish lozim:

  • ilmiy muammoga oid fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini yaxshi bilishi va ilgaridan yechimi ma’lum muammoni qo‘ymaslik, boshqacha aytganda muammoga oid ma’lum bilimlarni noma’lumlaridan aniq che- garalash;

  • olib boriladigan talqiqotlar chegarasi va tadqiqot obyektini aniq belgilab olish;

  • ilmiy muammoni yechish usullarini aniqlash, ya’ni muammoni turini (ilmiy nazorat, amaliy, maxsus kompleks) tadqiqot olib borish metodikasini aniqlash.

Muammoni kengaytirish, qo‘shimcha yechimlar bilan to‘ldirish. Muam- moni yechilishi davomida, qo‘shimcha, ya’ni bosh muammoni yechimni to‘ldiruvchi tadqiqotlar olib borish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Masalan, elektr energiyasidan samarali foydalanish muammosini yechish ushbu bosh muammo boshqa ko‘plab muammolarni yechish zaruriyatini vujudga kel- tiradi. Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, noan’a- naviy energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor elektrotexno- logik jarayonlarni ishlab chiqish va h.k. bosh muammolar – elektr energiya- sidan foydalanish muammosini kengayishi va to‘ldirilishini, boyitilishini ta’minlaydi.
Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish masalasi yechimiga erishish esa, o‘z navbatida, ushbu masala ichida bir qancha yo‘nalishdagi yechimlarga erishish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni taqazo etadi. Masalan, elektr uskunalarni anormal rejimdan himoyalash vositalarini ishlab chiqish (yaratish), texnik servis ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, elektrotexnik uskunalarni konstruktiv takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling