Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirishga oid ilmiy tadqiqotlarga misollar


Download 0.94 Mb.
bet19/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1525740
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
ilmiy tadqiqotlar

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirishga oid ilmiy tadqiqotlarga misollar

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq agrotexnika va texnologik jarayonlarini amalga oshi- rishda elektr energiyasidan samarali foydalanish, elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va yuqori sifatli ekologik toza mahsulot olish muammolarni (masalalarini) yechishga bag‘ishlangan.


Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bino va inshootlarida me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini ta’minlashda elektrotexnologik omillardan foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublika olimlari tomonidan bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida energiyadan foydalanish samara- dorligini oshirishning ilmiy-metodologik asoslarini yaratish;

  • urug‘ni o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida urug‘lik materiallarga, tuproqqa, qishloq xo‘jalik ekinlariga elektrofizik ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘simliklari urug‘larini tozalash va saralash elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • ipak qurti urug‘ini tozalash, saralash va qurt bargiga elektr aktivlash- tirilgan suvda ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, meva va uzum sharbati olishni energiya tejamkor elektrotexnologiyalarini yaratish va tadbiq etish;

  • qishloq xo‘jalik oqava va ichimlik suvlariga magnit ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashni samardorligini oshirishni elektrotexnologiyasi va texnik vositalarini yaratishni ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • agrosanoat majmuida elektrotexnik uskunalarni energetik servisi, tekshi- ruvdan o‘tkazish va auditi usullari va tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlarida mikroiqlim va ekologik muhit hosil qilish elektrotexnologiyasi metodologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va saqlashni unifikatsiyalashgan texnologiyasi va texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dorivor o‘simliklar va boshqa biologik materiallarni ionlashtirilgan issiq havo yordamida quritish elektrotex- nologiyasi va texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi elektromexanik qurilmalari uchun energiya va resurs tejamkor elektr yuritmalarini ishlab chiqish va joriy etish;

    • meliorativ nasos stansiyalarida elektr motorlarni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish va boshqa yo‘nalishlarida.

Respublikada ilmiy kadrlar tayyorlash 2009-yilgacha 05.20.02 – «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish», 2009-yildan 05.20.02 –
«Qishloq xo‘jaligida elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar» mutaxas- sisligi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Ushbu mutaxassislik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar quyidagi sohalarda olib borilmoqda:

    • o‘simlikshunoslik mahsulotlari va materiallari, tuproq, urug‘lik mate- riallar va qishloq xo‘jaligi oqava va ichimlik suvlarini elektrotexnologik obyektlar sifatida elektrofizik xususiyatlarini tadqiq etish.

    • elektr va magnit ishlov berishni qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvon- larini o‘sishi va rivojlanishiga, urug‘lik materiallarga, tuproqqa, oqava va ichimlik suvlarga va boshqa biologik obyektlarga ta’sirini tadqiq etish;

    • o‘simlikshunoslik va chorvachilikda, qishloq xo‘jaligi korxonalarida, shirkat fermer va dehqon xo‘jaliklarda, maishiy xo‘jalik jarayonlari elektro- texnologiyalarini ishlab chiqish va tadqiq etish;

    • o‘simlikshunoslik va chorvachilikda ularni mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash elektrotexnik uskunalari va elektrotexnologik qurilmalariga texnik talab me’yoriy asoslarini ishlab chiqish;

    • o‘simlikshunoslik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqish, qayta ishlash va saqlashda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish- ning ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish va tadqiq etish;

    • chorvachilikda va dehqonchilikda mobil qurilmalarni elektrlashtirish tizimi va elementlarini ishlab chiqish va tadqiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qishloq aholi yashash hududlari uchun ananaviy va noananaviy energiya manbalari bilan energiya ta’minoti tizimini ishlab chiqish va tadqiq etish;

    • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va suv xo‘jaligi obyektlari uchun nazorat o‘lchov tizimini ishlab chiqish va tadqiq etish;

  • qishloq aholisi uy-ro‘zg‘or energiya sig‘imdor jarayonlari uchun resurs tejamkor va xavfsiz elektrlashtirilgan tizimi va texnik vositalarini ishlab chiqish va tadqiq etish;

  • qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini ishonchli va tejamkor energiya va elektr ta’minotini yaratishni metodologik asoslarini ishlab chiqish;

  • kam chiqindili, chiqindisiz va ekologik toza qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlari uchun elektrotexnologik usullarni va vositalarini asoslash va tadqiqot o‘tkazish;

  • qishloq va suv xo‘jaligi elektr uskunalarini energetik servisi – tekshi- ruvdan o‘tkazish va auditi usullari va tizimini ishlab chiqish va tadqiq etish;

  • o‘simlikshunoslik va chorvachilikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqish, qayta ishlash va saqlash texnologik mashina va potok liniya- lari elektr yuritmalari tizimi va elementlarini tadqiq etish va ishlab chiqish;

  • an’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari va biomassa ener- giyalaridan foydalanib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqish, qayta ishlash va saqlash, urug‘lik va ko‘chat mahsulotlar, tuproq, qishloq xo‘jaligi ekinlari, qishloq xo‘jaligi oqava va ichimlik suvlariga ishlov berish energiya tejamkor texnologiyalari va texnikalarini ishlab chiqish va tadqiq etish;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish va suv xo‘jaligi obyektlarida elektr uskunalarini ta’mirlash va ekspluatatsiyalash usullari va texnik vositalarini va elektr xavfsizligi tizimini asoslash va ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida energetik tizimlari va qurilmalarini ekspluatatsiyasi usullari, uslublari va texnik vositalarini asoslash va tadqiq etish;

  • maishiy va ishlab chiqarish sharoitida odamlarni elektr jarohatlanishini kamaytirishni, chorva mollarini mahsuldorligini kamaytiruvchi elektr tokidan jarohatlanishdan ularni himoyalash va elektropotologiyani bartaraf etishni yangi usullari va texnik vositalarini ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligida elektr uskunalari va elementlari texnik holatini, ushbu obyektlarni ta’mirga loyiqligi, buzilmasdan, uzoq ishlashini diagnos- tikalash usullari va vositalarini tadqiq etish va asoslash.

  • elektrotexnologiya vositalari va elektr yoritish, nurlatish, qizitish va konditsioner qurilmalarni ishlab chiqish, ish rejimlarini tadqiq etish va ularni qo‘llash usullarini ishlab chiqish.



  1. Download 0.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling