Va madaniy tahdidlar


Feyk xabarlar kishilar hayotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?


Download 427.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.12.2022
Hajmi427.53 Kb.
#1043354
1   2   3   4   5
Bog'liq
6- mavzu

Feyk xabarlar kishilar hayotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi? 
Soxta va yolg‘on xabarlar tarqatish «sindromi» asosan muhim siyosiy 
voqealar arafasida, ayni kunlarda yirik rezonansga sabab bo‘layotgan mavzular 
atrofida «xuruj qiladi». Feykning inson ongiga ta'sirini quyidagi raqamlar misolida 
ko‘rish mumkin: 2016 yil dekabrda AQSh prezidenti saylovlaridan so‘ng 64 foiz 


so‘ralganlar yolg‘on xabarlar tufayli voqelik haqidagi fikrlari chalkashib ketgani 
qayd etgan, 24 foiz so‘ralganlar saylovdagi tanlovlari to‘g‘ri bo‘lganiga amin 
emasligi qayd etilgan, 23 foiz respondentlar esa ongli yoki ongsiz ravishda yolg‘on 
xabarlarni tarqatishda ishtirok etganlarini qayd etishgan. 
Feyklarning eng yomon illati o‘z-o‘zini ko‘paytira olish qobiliyatidir. Ya'ni 
bunday xabarlar birdan bolalaydi, yolg‘on tafsilotlar bilan boyib boradi, odamlar 
tobora ko‘proq chalg‘iydi. Feykdan maqsad adashtirish, chalg‘itish, omma fikrini 
boshqarishdir. 
Feyk axborotlarning urchib ketishi muayyan shaxslarning obro‘si 
to‘kilishiga, jamiyatda vahima kayfiyati paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Shuningdek, feyklar ommaviy axborot vositalarining obro‘yiga ham ziyon 
yetkazadi, ularga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Shu bois feyklarni 
tarqatishdan OAV ham, har bir odamning o‘zi ham himoyalanishi kerak. 
Feykni aniqlash yoxud faktcheking 
Faktcheking faktlarni tekshirish demak. Bunda mavjud faktlar va voqelik 
o‘rtasidagi nomutanosibliklar aniqlanadi, shu orqali faktlarning yolg‘on yoki 
rostligi aniqlanadi. 
Manbani yaxshilab o‘rganing. Xabardan bosh sahifaga o‘tib, saytning 
maqsadi, vazifalari va kontentini o‘rganib chiqing. 
Xabarni oxirigacha o‘qing. Ba'zida e'tibor tortish uchun sarlavhalarda 
voqelik bo‘rttirib yoki buzib ko‘rsatilishi mumkin. 
Muallifni tekshiring. Muallif haqida ma'lumot izlab ko‘ring, haqiqatda bor 
odammi, ishonchli materiallar yozadimi? 

Download 427.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling