Va madaniy tahdidlar
Download 427.53 Kb. Pdf ko'rish
|
6- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balki bu hazildir
- Mutaxassislardan so‘rang.
- Feyk videoni aniqlash.
Havolalarni tekshiring. Biron xabarni boshqa havolalar orqali ham qidirib
ko‘ring, bir necha manbadan olingan ma'lumotlarni solishtiring. Sanalarga e'tiborli bo‘ling. Yangilik, xabarning sanasi yangimi? Balki eski xabarni taqdim etishayotgandir? Balki bu hazildir? Xabar juda g‘alati, reallikdan uzoq bo‘lsa, bu hazil sifatida ommalashtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Xolis bo‘ling. Ma'lumotning chin yoki yolg‘onligini sizga yoqqan- yoqmaganligi, manfaatingiz yuzasidan hal qilmang. Mutaxassislardan so‘rang. Shunchaki mazkur axborotga daxldor bo‘lgan shaxslardan surishtirib ko‘rish ham mumkin. Feykni aniqlashga yordam beruvchi resurslar Feyk fotoni aniqlash. Fotofeyklar ham ko‘p uchraydi, ham ularni aniqlash oson. Suratning asl manbasini aniqlash uchun surat ustiga sichqonchani olib kelib, «suratni Google’dan topish» buyrug‘ini tanlash kerak. Tineye servisiga fotoni yuklash orqali suratning aslini topish, uning turli hajmdagi variantlari, qachon tarmoqqa yuklangani, kompyuterda ishlov berilgani haqida ham ma'lumot olish mumkin. Feyk videoni aniqlash. Video YouTube ga joylangan bo‘lsa, YouTube DataViewer servisidan o‘tkazing. U videoning tarmoqqa qachon yuklanganini ko‘rsatadi va bir nechta skrinshotlarni chiqarib beradi. Skrinshotlar orqali qidiruv berib, shunga o‘xshash videolarni qidirib ko‘rish mumkin bo‘ladi. InVID servisi orqali esa turli platformalardan yuklangan videolar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin. U video internetga yuklangan paytdan boshlab “bosib o‘tgan yo‘l”ini ko‘rsatadi. Videoni ko‘rishda mashina raqamlari, mayda yozuvlar, odamlarinng ust-boshi, binolar holatiga diqqat qaratish orqali ham videoga ishlov bergan- berilmaganini aniqlash mumkin. 4. Tarixdan ma'lumki, inson uchun eng xavfli tahdid bu ma'naviy tahdiddir. Darhaqiqat, bugun eng katta xavf sifatida diniy ekstremiz va terrorizm tilga olinmoqda. Terrorizm birinchi galda insoniyat uchun eng muhim va qimmatli bo‘lgan boylik, ya'ni tinchlik, ko‘ngil xotirjamligi, mamlakat taraqqiyotining muhim tarixiy omili bo‘lgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna soluvchi asrimizning eng xavfli ijtimoiy illati sifatida tilga olinmoqda. XXI-asr texnologiyalar asri bu hech kimga sir emas. Bugungi kunda istalgan ma’lumotni bir necha soniyalar ichida topish va undan foydalanish mumkin. Lekin bir yomon tomoni bu o’rgimchak to’riga filtr o’rnatilmagan u xar qanday ma’lumotni topib beradi. G’arazli kimsalar tarqatayotgan ma’lumotlarni ham. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o’zlariga “Allohning quli” “Allohning qilichi” “Ummu falona” va shu singari jarangdor nomlar qo’yib sodda insonlarni o’z domiga tortishmoqda. Ular dinni o’ziga niqob qilgan ekstremist terrorchilardur. Diniy ekstremizm diniy rang-baranglikni rad etadi. Shu asnoda aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o‘tkazib, eng mudhish shakllardagi zo‘ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Ushbu illat bugun eng rivojlangan mamlakatlar qatorida diyorimizga ham xavf solmoqda. Uning ta'sir doirasi ayniqsa, yoshlarimizni turli diniy oqimlarga jalb etilishida yaqqol namoyon bo‘layotgani hech birimizga sir emas. Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. “Terrorizm” so‘zi birinchi marta 1793–1794-yillarda Fransiya inqilobi davrida iste’molga kiritilgan. O‘sha davrda bu so‘z ijobiy ma’noda qo‘llangan va hukmdorlar tomonidan xalqqa nisbatan zulm oshib ketganda unga qarshi kurash ifodasi sanalgan.Shunday bo’lsada ular xech qachon ijtimoiy barqarorlik va tarqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etib o’tish lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Bu statistika yuqoridagi fikrlarimning isboti bo’la oladi. Zero 22 yil davomida 3668 odam qo’poruvchilik xarakati qurboniga aylangan bo’lsa, teroristik tashkilotlarning globallashuvga va jamiyatga intilishi kuchayib borganligi sababli birgina 11- sentabr voqealarida 3000 dan ortiq inson halok bo’lganligini sizga aytib o’tgandim. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir- birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir. Ma`lumki dunyoda hech bir din u hoh xristianlik bo‘lsin, hoh buddizm, yahudiylik dini bo‘ladimi insonlarni hech qachon yovuzlikka, qo‘poruvchilikka, qo‘rqitishga, odam o‘ldirishdek jirkanch bir holatlarga da`vat qilmaydi, balki insonlarni ezgulikka, diyonatga, halollikka undovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan diniy ekstremistik guruhlarning “din” yo‘lida olib borayotgan qo‘poruvchilik harakatlari mutloqo asossizdir. Yuqorida keltirib o‘tgan dinlardek islom dini ham ezgulik dini ekanligiga hech bir shak-shubha yo‘q. Lekin hozirgi kunda butun dunyoda olib borilayotgan ekstremistik va terroristik harakatlarning aksariyati aynan islom dini niqobi ostida sodir e`tilayotganligi muqaddas dinimizga bo’lgan munosabatni biroz salbiylashtirayotganligi bor gap. Ayniqsa hozirgi kunga kelib butun dunyoga xavf solayotgan terrorchilik guruhlarining eng yirigi, o‘zlarining ta`biri bilan aytganda “Iroq va Shom islom davlati”dir. Bir nechta yirik terrorchi guruhlarning o‘zaro birlashishidan tashkil topgan, niyatlari o‘z bayrog‘idek qora, hali hech bir davlat tan olmagan bu “davlat” bugungi kunda butun insoniyatga tahdid solayotgan siyosiy muammoga aylanib ulgurdi. Ular dunyoning turli burchaklarida teraktlar sodir etish va tinch aholining yuragiga g‘ulg‘ula solish bilan tartibsizliklar keltirib chiqarishni o‘zlariga kasb qilib oldilar. So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir. Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ‘ibotchilari ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan go‘yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar. So‘ngra islom olamidagi “muammolar” sanab o‘tilib, aybdorlar sifatida dunyoviy davlat va jamiyat ko‘rsatiladi. Bundan keyin esa barcha muammolarning “yechimi” sifatida “kofirlarga” qarshi “jihod” qilish taklif etiladi. Buning uchun esa avvalambor “hijrat” qilish lozimligi uqtiriladi. Bilimsiz, o‘z mustaqil fikri va atrofdagi hodisalarni tahlil etish malakasiga ega bo‘lmagan yoshlar bunday da’vatlarga uchib, aqidaparast oqimlarga moyil bo‘la boshlaydilar. Qisqa qilib aytganda “ijtimoiy tarmoqlar” “ekstremistik qarmoqlar” vazifasini o‘tamoqda. Aslida esa, yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Uy-joylar, maktab va kutubxonalar, qishlog‘u-shaharlarni buzib, mo‘ysafid otaxon, mushipar onalar, norasida go‘daklarni ko‘chalarda sargardon qilmoqda. Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar ota-onasini qon yig‘latib Suriya, Iroq kabi fitna o‘choqlariga ketib qolmoqdalar. U yerlarda diydasi qotgan jallodlarga aylangan bu johillar yurtiga qurol o‘qtalib o‘z xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dag‘dag‘a qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar. Aqidaparastlik jamiyatimizdagi fuqarolarni “haqiqiy” va “soxta” dindorlarga ajratishi bilan ham tahdid solmoqda. Bunday harakatlarning oddiy misollari sifatida go‘yoki islomiy libos deb ilgari surilayotgan “hijob” masalasiga haddan tashqari urg‘u berish, dunyoviy hayot kechiruvchi fuqarolarni go‘yoki “imoni sust” sifatida ko‘rishni qayd etish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday fitna chiqarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi Afg‘oniston, Pokiston va Jazoirda sodir bo‘lgan hamda hozirda Iroq va Suriya davlatlarida yuz berayotgan voqealardan bizga ma’lum. Barcha buyumlarni “halol” va “harom”ga ajratishda g‘uluvga ketish oqibatida ba’zi qo‘shni mamlakatlarimizda hattoki “halol taksi” chiqqanini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, islom dini o‘rtalik, mo‘’tadillikka chaqiradi. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazlari, ta’bir joiz bo‘lsa, “g‘oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim. Birinchi guruh qatoriga “Tablig‘chilar” jamoasi tashkilotini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhlar qatoriga “Nurchilar”, “Hizbut-tahrir” kabi diniy- ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga esa barcha jihodiy, soxta “salafiy” jamoalar kiradi. Diniy-ekstremistik ruhdagi terrorchi tashkilotlarning strategik maqsadlari, avvalo, go‘yoki, shariatga asoslangan davlat tuzish bo‘lib, bu bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda aholini keng ko‘lamda “islomiylashtirish” nazarda tutiladi. Bunda, avvalo, diniy ilmi sayoz bo‘lgan kishilar orasida islomning farzlariga amal qilish lozimligi, bu ishlarni bajarmaganlar musulmonchilikdan chiqishi uqtiriladi. Shu bilan birga, yashirin “hujralar” tuzish va ularda o‘qiyotganlarga, diniy ta’lim niqobi ostida, o‘z qarashlarini singdirish ishlari olib boriladi. Bir qarashda bunday “da’vat”dan hech qanday zarar yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, aslida esa bu “chuqur o‘ylangan strategiya”ning bir qismidir. Ikkinchi bosqichda endi “islomiylashtirilgan” aholida hukumat, mavjud konstitutsiyaviy tuzum, rasmiy diniy tuzilmalar va ulamolarga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish va shu orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish ko‘zlanadi. Unda aholi orasida “imonli” va “imonsiz”, “musulmon” va “kofir”, “islom diyori” va “kufr diyori” kabi tushunchalarni keng yoyish, diniy-ekstremistik ruhdagi varaqa, adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish orqali dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish asosiy maqsad hisoblanadi. Uchinchi bosqichga kelib, to‘plangan “jamoat”ni mavjud hukumatni ag‘darish va “islom davlatini” tuzishga da’vat etiladi. Bunda, “jihod”, “shahidlik” g‘oyalarini targ‘ib qilish, yashirin guruhlar tuzish va uning a’zolarini maxsus (da’vat, qo‘poruvchilik va h.k.) tayyorgarlikdan o‘tkazish, ayollardan iborat yacheykalarni kuchaytirish va oxir-oqibat terror vositalaridan foydalangan holda maqsadga erishish ko‘zlanadi. Tahlil respublikamizga turli DEO tarafdorlari tomonidan targ‘ibot- tashviqot ishlari o‘tkazish uchun respublikamiz hududiga diniy ekstremistik mazmundagi mahsulotlarni olib kirishga qaratilgan harakat faollashayotganidan dalolat beradi. Birgina joriy yilning 1 iyuniga qadar o‘tgan davr ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza bo‘limiga turli davlat idoralari tomonidan 800 dan ziyod diniy mazmundagi materiallar taqdim etildi. Ushbu materiallarning salmoqli qismini aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘irilgan mahsulotlar tashkil etadi. Ularning aksariyati hozirgi kunda Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni da’vat etuvchi chaqiriqlar va videoroliklar tashkil etadi. Ayni vaqtda, bunday materiallar bilan huquqni muxofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olinganlar ichida endi voyaga yetgan o‘smirlar mavjud ekani bizdan alohida e’tibor talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, mustaqil hayotni boshlayotgan yoshlarimizni turmushda ularni og‘ir sinovlar kutib turayotgani, xususan, bizning yurtimiz, xalqimizga do‘st bo‘lmagan, soxta g‘oyalar bilan hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan o‘smirlarimizni oilasi va Vatanidan ayirib olib, o‘z manfaatlari yo‘lida qurbon qilishdek g‘araz maqsadlar ega kuchlar borligidan ogohlantirishimiz biz kattalarning, ayniqsa, diniy soha vakillarining burchimiz hisoblanadi. Diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek, mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir etish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab- avaylashga daʼvat etadi», degan edi. 2018-yilning 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjatni BMTga aʼzo barcha davlatlar bir ovozdan qoʻllab- quvvatladi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi boʻldi. Ushbu rezolyutsiya bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashishga qaratilganligi taʼkidlandi. Davlatimiz rahbarining yuqoridagi fikrlari tasdigʻini respublikamizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan quyidagi jarayonlarda kuzatish mumkin. 2018-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy- maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Oʻzbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni oʻrganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonda “Mir Arab” oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar oʻquv yurti yoshlarga diniy va dunyoviy sohada malakali taʼlim berib kelmoqda. Download 427.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling