Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Mexanizatsiya vositasida va qo‟lda parmalash
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Mexanizatsiya vositasida va qo‟lda parmalash Parmalash maxsus dastgohlarda bajariladi. Qo‟l yetmaydigan noqulay joylardagi teshiklarni dastakli parma, tartarak, dastakli elektr va pnevmatik parmalash mashinalarida parmalanadi. Tartarak (treshetka) katta diametrli ( 30 mm gacha) teshiklarni parmalashda qo‟llaniladi. Uning shpindeli (2) vilka (5) dastasi (6) ga o‟rnatilgan. SHpindelning bir uchiga (1) detal o‟rnatish uchun teshik ochilgan, boshqa uchiga esa to‟g‟ri burchakli kertik kesilib, o‟nga uzun gayka (4) burab kiygizilgan. Tartarak Tartarak bilan parmalash uchun uni tutqich (7) bilan mahkamlanadi. Tutqich parmani muayyan vaziyatga sozlaydi. Aylanma harakat to‟skichli g‟ildirak (3) bilan amalga oshiriladi. Dastani ma‟lum burchakka burilganda lo‟kidon to‟sqich tishiga tiqilib, uni aylantiradi. Purjina lo‟kidonni doimo to‟sqichli g‟ildirakka itarib turadi. Dastani aylantirganda shpindelь ham o‟nga qo‟shilib faqat bir tomonga aylanadi. Qo’l dreli bilan 10 mm gacha bo‟lgan teshiklarni parmalash mumkin. Drel shpindelь, vallar, tishli g‟ildiraklar, tayanch va richagga o‟rnatilgan dastadan tuzilgan. U ikki tezlikli bo‟lib, dastlab detalni giraga qisiladi, keyin dastani aylantirib shpindelga aylanma harakat uzatiladi. Yuqori taglikda parmalash. 2-4 mm li teshiklarni parmalashda zagotovkani giraga mahkamlanadi. CHap qo‟l bilan tutqichni ushlab, o‟ng qo‟lda qo‟zg‟aluvchi dasta aylantiriladi. Dastakli elektr parmalash mashinalari 8-9 mm gacha bo‟lgan teshiklarni parmalash uchun qo‟llaniladi. Odatda, bunday mashinalarning korpusi pistolet shaklida bo‟ladi. I-90 rusumli parmalash mashinasi boshqalardan ko‟ra ko‟proq ishlatiladi. Mashinaning elektryuritgichi universal kollektorli konstruktsiyasiga ega bo‟lib, u o‟zgaruvchan va o‟zgarmas tokda ishlaydi. Kuchlanish chastotasi 220V. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling