Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash 
Parmalash jarayonida aniqlikni ta‟minlash maqsadida ishlov beriladigan 
detalni parmalash dastgohining stoliga mahkam qilib o‟rnatiladi. Buning uchun 
turli moslamalardan foydalaniladi. Ular ichida eng ko‟p tarqalgani boltli tutqich
mashina giralari (vintli, ekstsentrikli, pnevmatik), prizma, tirgak, burchaklik
kondo‟qtor va boshqalardir.
Mahkamlash uchun tutqichlar to‟rt xil-barmoqsimon, vilkasimon, taxtali va 
egilgan shaklda bo‟lishi mumkin. Katta bo‟lmagan detalni taxtaga ishonchli qilib 
mahkamlashda bir tutqich kifoya, yirik detallar uchun esa ikki va undan ortiq 
tutqich kerak bo‟ladi. 
Mahkamlash boltlari. Barcha turdagi parmalash dastgohlarining stollari T 
shakldagi o‟yiqlarga ega. Ulardan stol va zagotovkani bolt bilan mahkamlab 
qo‟yish uchun foydalaniladi. Oddiy mahkamlash ishlarida kvadrat kallakli boltlar 
ishlatilib dastgoh stolini o‟yiqlarning istalgan joyiga siljitish mumkin. 
Zagotovkalarni parmalash dastgohida o‟rnatib bo‟lmaydigan hollarda 
burchakliklar qo‟llaniladi. 


 
Oddiy burchaklik 
Oddiy 
burchakliklar 
ishlov 
berilgan 
ikkita 
tokchadan iborat bo‟lib, ularning birinchisidan 
detalni dastgoh stoliga mahkamlash uchun, 
ikkinchisidan esa ishlov beriladigan detalni 
o‟lchash 
uchun 
foydalaniladi.Universal 
burchakliklar dasgoh stoliga nisbatan har xil 
burchak 
ostida 
joylashgan 
detallar 
va 
zagotovkalarni taxtaga o‟rnatish uchun xizmat 
qiladi. Bunday burchakliklarning har ikkala 
tokchasi 
bir-biri 
bilan 
sharnir 
usulida 
mahkamlangan bo‟lib, ularning birini ikkinchisiga 
nisbatan hohlagan burchakka o‟zgartirish mumkin. 
Zagotovkalarni burchakliklarning tegishli joylariga 
siqqich plankalar va bolt yordamida o‟rnatiladi. 
Pog’onali tirgaklar (piramidalar)ning ikki xil 
konstruktsiyasi bo‟lib, ular pog‟onalarining soni 
bilan farqlanadi.

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling