Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash 
Mexanik qurollar va egovlash stanoklaridan foydalanish egovlab 
kengaytirishni ancha tezlashtiradi. 
Uncha qalin bo‟lmagan detallarda istalgan shakldagi teshikni «mexaniq 
chilangar» tipidagi egovlash stanogida ishlash mumkin. SHu maqsadda o‟ziga olib 
tashlangandan so‟ng zagotovka stanok stoliga qo‟yiladi, teshikdan egov o‟tkaziladi 
va kronshteynlarga mahkamlanadi. Zagotovkani qo‟lda egov tomonga surib va 
uning egovlanadigan joylarini egovga yaqinlashtirib ishlanadi. Egovning tipi 
ishlanadigan teshikning shakliga qarab tanlanadi. 
Egiluvchan valli egovlash stanoklari turli detallarda istalgan joydagi teshikni 
ishlashga imkon beradi. Bunda turli shakl va o‟lchamdagi bor egovlardan 
foydalaniladi. Egiluvchan val qiyin joylarni ishlashga, turli bor egovlar istalgan 
qiyofadagi teshikni ishlashga imkon beradi. Zarur qurol egiluvchan valga 
mahkamlangan patronga o‟rnatiladi. Egiluvchan valni uchidan ushlab, egovni u 


yoqdan-bu yoqqa surib egovlash bajariladi. Bor egovlar o‟rniga silliqlash 
kallaklarini o‟rnatib, ular yordamida pardozlash ishlarini bajarish mumkin. 
Egovlab kengaytirish uchun elektr va pnevmatik egovlarni ham qo‟llash 
mumkin. 
Elektr egov elektr parmalagich I-90 ning uchligi hisoblanadi. Drelning elektr 
dvigateli tirsakli valigi aylantiradi, u shatunni (shatun ish shtogi bilan sharnirli 
birikkan) va egovning tepishini yumshatadigan plunjer bilan bog‟langan shatunni 
harakatlantiradi. 
Patronga 
oddiy egov mahkamlanadi. Dvigatelь ishga 
tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Pnevmatik drellarga o‟rnatib 
ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan. 
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga, 
ya‟ni metallni elektr razryadlari ta‟sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu 
metodning mohiyati quyidagicha. O‟zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan 
detalga yuboriladi. Ishlanadigan teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini
detal esa anod vazifasini o‟taydi. Maxsus elektr magnit qurilma yordamida katod 
vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko‟tarilganda va tutashganda u bilan detal 
orasida elektr razryadlari hosil bo‟ladi, detal eriydi va uning zarralari suyuqlikka 
cho‟kadi. 
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi. 
Unga tok manbaining mubat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi. 
SHpindelga elektr qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim 
rostlagich va kondensatordan iborat. 
Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol shakliga mos teshik ochiladi. 
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan 
qattiqlikdagi metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli 
teshiklar ochishga imkon beradi. Elektr uchqunli ishlash usuli egovlab 
kengaytirishga nisbatan bir necha marta unumdor. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling