Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parmalashda qirqish rejimlari
Parmalarni charhlash
Parmalash jarayonida parmaning old va orqa sirtlari, burchaklari va lentachalari yeyiladi. Yeyilishning dastlabki bosqichida parma g‟irchillab ishlaydi, qirqmay qo‟yadi, qirqish zonasida temperatura keskin ko‟tariladi. Parmaning qirqish qobiliyatini tiklash uchun uni charxlash kerak. Parmalar konussimon sirt bo‟yicha charhlanadi. Parmalarning o’tkirlik burchagi ishlanadigan materialga bog‟liq. Po‟lat, cho‟yan va qattiq bronzani parmalash uchun bu burchak 116-118 0 ; latun, yumshoq bronza va alyuminiy qotishmalarini parmalash uchun 130 0 ; titanli va juda mustahkam konstruktsion po‟laptlarni parmalash uchun 130 0 -135 0 olinadi. Termik ishlangan ushlerodli va legirlangan po‟latlarni parmalash uchun mo‟ljallangan qattiq qotishmadan yasalgan parmalar 130 0 burchak ostida charhlanadi. O‟tkirlik burchagi shu aytilganlardan katta bo‟lsa, parma metallni uvalatadi, qirqish quvvati ortadi. Agar burchak bundan kichik bo‟lsa, parma tezda o‟tmaslashadi va sinadi. Parmalashda qirqish rejimlari Parmalashda kesishning asosiy elementlari quyidagichadir: kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi. Kesish tezligi v-kesuvchi qirraning asbob o‟qidan eng uzoqlikda yotgan nuqtasining vaqt birligi ichida o‟tgan yo‟li (m min). Agar parmaning aylanish chastotasi va diametri ma‟lum bo‟lsa, kesish tezligi vq Dn/1000 formula yordamida hisoblanadi, bu yerda: v-kesish tezligi, m-min; D-parmaning diametri, mm; parmaning aylanish chastotasi, ayl min; -o‟zgarmas son 3,14 (tezlik minutig‟a metr hisobida, diametr millimetrlarda o‟lchanganligi uchun ko‟paytmani 1000 ga bo‟lish zarur). Aylanish chastotasi n-parmaning minutig‟a aylanish soni (ayl min). Agar parmaning diametri va kesish tezligi ma‟lum bo‟lsa, u holda asbobning aylanish chastotasini (ayl min) n 1000 ( D) formula yordamida aniqlash mumkin. Surish S-zagotovka bir marta aylanganda parmaning o‟q bo‟ylab surilishi (mm ayl). Kesish chuqurligi t (mm)-ishlov berilgan yuzadan parma o‟qigacha bo‟lgan oraliq (ya‟ni, parmaning radiusi) t D 2 mm formula yordamida aniqlanadi. Parmalab kengaytirishda kesish chuqurligi parma diametri bilan ilgari ishlov berilgan teshik diametri ayirmasining yarmiga teng bo‟ladi, ya‟ni t (D-d) 2. Kesuvchi qirralar orasidagi burchak kesish jarayoniga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Bu burchakning kattalashishida parmaning mustahkamligi oshadi, kichiklashishida burchak qiymatini materialning qattiqligiga ko‟ra tanlanadi masalan: - cho‟yan va po‟lat - po‟lat pokovkalar va toblangan po‟lat - jes va yumshoq bronza - yumshoq mis - alyumin, babbit, elektron - silumin - magnitli qotishma - ebonit tselluloid - marmar va boshqa mo‟rt materiallar - organiq oyna - plastmassa 116-118 125 130-140 125 130-140 90-100 110-120 80-90 90-100 70 50-60 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling