Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Egov turlari 
Egovlar tasnifi. Qo‟llanishiga ko‟ra, egovlar quyidagi guruhlarga bo‟linadi: 
umumiy, 
maxsus, 
nozik 
va 
mashina 
egovlar. 
Umumiy 
egovlardan 
umumchilangarlik ishlarini bajarishda foydalaniladi. 10 mm uzunlikdagi kertiklar 
soniga (n) qarab, egovlar oltida raqam bilan belgilanadi. 0; 1; 2; 3; 4; 5. 0 va 1 
raqamli egovni tishlari katta bo‟lib (14 ta kertik) dag‟al egovlashda, 2 raqamli 
mayda tishli egovlar (13-26 ta) buyumlarni tozalab egovlashda, 3, 4 va 5 raqamli 
egovlar (80 tacha) uzil kesil ishlov berishda ishlatiladi. 
Egovlar quyidagi turlarga bo’linadi: tekis (a), o‟tkir uchli tekis egovlar (b), 
detallarning tashqi va ichki sirtlari, shilitsa hamda ariqchalarni egovlashda 
ishlatiladi. Kvadrat egovdan (v) kvadrat, to‟g‟ri burchakli, ko‟p burchakli hamda 
tor tekis yuzalarni, uch yoqli egovdan (g) o‟tkir burchaklarni hamda ariqcha
teshiklarni egovlashda foydalaniladi. Yumoloq egovda (d) tsilindrsimon 
teshiklarga, yarim yumoloq segmentli egovda (e) egri konturli detallarning 
sirtlariga ishlov beriladi. Rombsimon egov (yo) tishli g‟ildiriklarning tishlarini
katta burchaklarni, tishli egov (j) ponasimon o‟q, tor ariqcha, to‟g‟ri burchak va 
kvadrat shaklidagi teshiklarni egovlashga mo‟ljallangan. Maxsus egovlar bronza, 
jez va dur alyuminlarni egovlash uchun ishlatiladi. Egovlarning quyruq qismiga 
TSM harflari tamg‟alanadi. 
Engil qotishmalar va nometal materiallarga ishlov beradigan egovlar. 
Yumshoq metallarga ishlov berish uchun qo‟laniladigan egovlarning tishi mayda 


bo‟ladi. SHuning uchun ulardan foydalanishda kertiklar qirindiga to‟lib qolib egov 
material sirtiga sipanishi mumkin. Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan 
asboblarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Nozik egovlar ko‟pincha zargarlik 
buyumlari va andozalarga ishlov berishda hamda teshik, burchak, profillarni qo‟l 
yetmadigan kichik qismlarini pardozlashda qo‟llaniladigan kichik o‟lchamdagi 
egovlardir. Ular U13 va U13A rusumli po‟latdan tayyorlanadi. Olmosli nozik 
egovlar bilan qattiq qotishmalar, har xil sopol, oyna va kesuvchi qattiq 
qotishmalardan yasalgan asboblar egovlanadi. Yirik tishli egovlar bilan yumshoq 
metallarga va nometall materiallarga ishlov beriladi. 
Mashina egovlarining kichiklari maxsus patronga o‟rnatiladi, kattalari esa 
ikki tomoni quyruqli bo‟lib, uni dastgoxning tutqich-markaziga maxkamlanadi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling