Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash
Parmalash jarayonida aniqlikni ta‟minlash maqsadida ishlov beriladigan detalni parmalash dastgohining stoliga mahkam qilib o‟rnatiladi. Buning uchun turli moslamalardan foydalaniladi. Ular ichida eng ko‟p tarqalgani boltli tutqich, mashina giralari (vintli, ekstsentrikli, pnevmatik), prizma, tirgak, burchaklik, kondo‟qtor va boshqalardir. Mahkamlash uchun tutqichlar to‟rt xil-barmoqsimon, vilkasimon, taxtali va egilgan shaklda bo‟lishi mumkin. Katta bo‟lmagan detalni taxtaga ishonchli qilib mahkamlashda bir tutqich kifoya, yirik detallar uchun esa ikki va undan ortiq tutqich kerak bo‟ladi. Mahkamlash boltlari. Barcha turdagi parmalash dastgohlarining stollari T shakldagi o‟yiqlarga ega. Ulardan stol va zagotovkani bolt bilan mahkamlab qo‟yish uchun foydalaniladi. Oddiy mahkamlash ishlarida kvadrat kallakli boltlar ishlatilib dastgoh stolini o‟yiqlarning istalgan joyiga siljitish mumkin. Zagotovkalarni parmalash dastgohida o‟rnatib bo‟lmaydigan hollarda burchakliklar qo‟llaniladi. Oddiy burchaklik Oddiy burchakliklar ishlov berilgan ikkita tokchadan iborat bo‟lib, ularning birinchisidan detalni dastgoh stoliga mahkamlash uchun, ikkinchisidan esa ishlov beriladigan detalni o‟lchash uchun foydalaniladi.Universal burchakliklar dasgoh stoliga nisbatan har xil burchak ostida joylashgan detallar va zagotovkalarni taxtaga o‟rnatish uchun xizmat qiladi. Bunday burchakliklarning har ikkala tokchasi bir-biri bilan sharnir usulida mahkamlangan bo‟lib, ularning birini ikkinchisiga nisbatan hohlagan burchakka o‟zgartirish mumkin. Zagotovkalarni burchakliklarning tegishli joylariga siqqich plankalar va bolt yordamida o‟rnatiladi. Pog’onali tirgaklar (piramidalar)ning ikki xil konstruktsiyasi bo‟lib, ular pog‟onalarining soni bilan farqlanadi. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling