Va oliy nerv faoliyati
Mag‘iz qatlamining faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati.
Mag‘iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag‗iz moddasidan
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo‗ladi. Adrenalinning ta‘siri simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta‘siriga o‗xshashdir. Uning ta‘siridan ko‗z qorachig‗i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o‗tkazuvchanligi va qo‗zg‗aluvchanligi kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, 95 bronxalarni kengaytiradi, ichak peristalikasini tormozlab, muskullarini bo‗shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo‗zg‗atib, sfinkterlarning yorilishiga olib keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi. Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok etib, glikogenning parchalanib, glyukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini bir me‘yorda turishini ta‘minlaydi, markaziy asab tizimi qo‗zg‗aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin qon tomirlari devorining muskullariga ta‘sir etib, ularning qisqarishi, natijasida tomirlar yo‗lining torayishi va qon bosimining ko‗tarilishiga sabab bo‗ladi. Me‘da - ichak devorlari, o‗t pufagi muskullariga juda zaif ta‘sir ko‗rsatadi. Uglevodlar almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta‘sir ko‗rsatadi. Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi, shunga ko‗ra bu gormonlarning ta‘siri ko‗p cho‗zilmaydi. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati. Me‘da osti bezining shira ajraluvchi sekretor bo‗lakchalari orasida o‗zining chiqaruv yo‗liga ega bo‗lmagan alohida hujayralar guruhi bor, ular shu hujayralarni birinchi marta tasvirlagan olimning nomi bilan Langergans orolchalari deb ataladi. Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya‘ni to‗g‗ridan- to‗g‗ri qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida bu orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta, gamma hujayralar deb ataladi. Shulardan betta hujayralar hammasidan ko‗p (itlarda qariyb 75 %) bo‗ladi. Betta hujayralar insulin (lotincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi. Me‘da osti bezining mayda chiqaruv yo‗llaridagi epiteliy hujayralaridan lipokain gormoni ishlab chiqadi, degan ma‘lumotlar bor. Bez ekstraktlaridan yana bir necha gormon - vagoxonin, kallekrin va sentropeninlar topilgan. Me‘da osti bezining eng muhim gormoni insulindir. Mering va Minkovskiylar me‘da osti bezi olib tashlangan organizmda uglevodlar almashinuvini keskin buzilishi oqibatida hayvon halok bo‗lishini 1889 yildayoq kuzatganlar. Me‘da osti bezining ichki sekretor faoliyati har qancha tekshirilsa ham gormonni uzoq vaqt sof holda ajratib bo‗lmadi. Nihoyat, 1901 yilda Z.V.Sobolev me‘da osti bezidan ichki sekresiya mahsuloti - insulin gormonini ajratib olish usulini taklif qildi. U tabiatan oqsil bo‗lgani uchun bezni qirqib olib, maydalaganda, gormoni oqsilni parchalovchi pankreatik shirasi ta‘sirida parchalanib ketadi, deb o‗yladi. Buning oldini olish uchun Z.V.Sobolev ikkita usulni taklif qildi. Bu usullardan biri hayvon me‘da osti bezi olib tashlashdan 4-5 kun oldin bezning pankreatik shira chiqaradigan yo‗llarini mahkam bog‗lab 96 qo‗yishdir. Bu vaqtda shira ajratuvchi tashqi sekretor hujayralar degenerasiyaga uchrab, nobud bo‗ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan shira qolmaydi. Ikkinchi usul embrionlar me‘da osti bezidan gormon ajratib olishdir. Chunki bu vaqtda ularda hali hazm shirasi ishlanib chiqmaydigan bo‗ladi. 1892-yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga muyassar bo‗ldi. Insulinning kimyoviy tuzilishini o‗rganish natijasida uning disulfid bog‗lari bilan birikkan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan iborat polipeptid ekanligi aniqlandi. Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez yo‗li bilan olingan. Insulin organimzdan tashqarida sintezlangan birinchi oqsildir. Turli hayvonlarning me‘da osti bezidan olingan insulin o‗z molekulasidagi aminokislotalarning joylashuviga qarab bir-biridan farq qiladi. Insulinning molekulasida ruh (Zn) yo‗q, lekin u ruhni biriktira oladi, ayni vaqtda uning ta‘siri uzayadi va kuchayadi. Organizmga olloksan yuborilganda, beta hujayralarning faoliyati buzilib, insulin sintezlanmay qoladi, bu esa diabet kasalligiga, ya‘ni qandning organizmda o‗zlashtirmay, siydik bilan chiqib ketishiga sabab bo‗ladi. Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va uning parchalanishiga to‗sqinlik qiladi. Demak, periferik qonda qandning bir muncha kamayishiga sabab bo‗ladi. Organizmda uglevodlar almashinuvining oraliq mahsulotlaridan yog‗ va oqsillarning hosil bo‗lishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Qondagi qand miqdori bilan me‘da osti bezidan insulinni ajralishi o‗rtasida bog‗lanish bor, boshqacha aytganda, qonda qand ko‗paysa, insulin ham ko‗proq ishlanib chiqadi va aksincha. Betta hujayaralar faoliyati kuchayganda yoki organizmga anchagina miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning aksariyat qismi glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo‗lishi ham mumkin, bunda markaziy nerv tizimining qisqa muddatli qo‗zg‗alishidan keyin hayvon darmoni qurib, juda bo‗shashib qoladi, og‗ir hollarda esa, talvasaga ham tushadi va hokazo. Glyukogon me‘da osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan gormondir. Bu gormon ta‘siridan jigarda glikogenining parchalanishi tezlashib, qondagi qand miqdori ko‗payadi. Shuning uchun ham bu gormon toza holda ajratib olinmasidan ilgari giperglikemik faktor deb yuritilardi. Qondagi qand miqdorini idora etishda insulin bilan glyukogenning o‗zaro ta‘siri alohida o‗rin egallaydi. Alfa hujayralarining faoliyati kuchayishi natijasida qonda qand miqdori oshadi - giperglikemiya kelib chiqadi. Shuning uchun bu hujayralar faoliyatining kuchayishi ham qandli diabetga sababchi bo‗lishi mumkin. Bu hujayralarning 97 faolligi sulfanilamid preparatlar va kobalt to‗rlari ta‘sirida kuchayadi. Glyukogon sun‘iy yo‗l bilan sintezlangan. U kristall holdagi modda bo‗lib, kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi. Sipokain - polipeptid bo‗lib, me‘da osti bezining chiqaruv yo‗lining epiteliysida ishlanib chiqadi. U hazm shirasi fermentlar ta‘sirida parchalanmaydi. Sipokain fostafidlar (lesitin) hosil bo‗lishini, ya‘ni yog‗larning sarflanishiga yordam beradi. Jigarni yog‗ bosib ketishidan saqlaydi. Bu gormon etishmasa, jigarni yog‗ bosadi va siydik bilan birgalikda ko‗p miqdorda keton tanachalari chiqarila boshlaydi (diabetning bir ko‗rinishi). Me‘da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa ham u ikki - uch oy o‗tgach, jigarini yog‗ bo‗sishi natijasida halok bo‗ladi. Ammo uning organizmiga insulin yuborish bilan birga ovqatiga me‘da osti bezi qo‗shib beriladigan bo‗lsa, hayotini saqlab qolish mumkin. Bu tajribalar me‘da osti bezidan insulin va lipokain gormonlari haqiqatan ham alohida-alohida ishlanib chiqishidan dalolat beradi. Lipokain gormoni o‗z ta‘sirini ko‗rsatish uchun boshqa lipotrop (yog‗ to‗planishiga to‗sqinlik qiluvchi) moddalar ham bo‗lishi kerak. Vagotonin - oqsil modda bo‗lib, kimyoviy tuzilishi haligacha aniqlanmagan. Bu gormon organizmga yuborilganda adashgan nerv yadrolarining tonusi kuchayib, parasimpatik nervning faolligi oshadi. Bundan tashqari, vagotonin qon hosil bo‗lish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas markazini qo‗zg‗atib, bronxlarni kengaytiradi, gemoglobinga kislorod birikishini kuchaytiradi. Me‘da osti bezining ichki sekretor faoliyatini nerv tizimi boshqarib boradi. Jumladan, o‗ng tomondagi adashgan nervning bu bez uchun sekretor nerv ekanligi isbotlangan. Simpatik nerv tizimi qo‗zg‗alganda insulin sekresiyasi tormozlanadi. Ko‗p miqdorda glyukoza iste‘mol qilishi va natijada qonda qand ko‗payishi, jismoniy ish, hayajonlanish (emosiya) natijasida ro‗y beradigan giperglikimiya insulin sekresiyasini kuchaytiradi. Me‘da osti beziga bevosita ta‘sir etmaydigan gormonlar (buyrak osti bezining mag‗iz va po‗stloq qavati, qalqonsimon bez gormonlari) uglevodlar almashinuvini o‗zgartirib, insulin sekresiyasini kuchaytiradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling