Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Qalqonsimon
bez barcha umurtqali hayvonlarda bo‗ladi. Sut emuzuvchilarning bo‗yni sohasida, qalqonsimon tog‗ayning ikki yonida joylashgan bo‗lib, shaklan qalqonga o‗xshab ketadi. Bu bez o‗zaro tutashgan ikki bo‗lakchadan iborat. Qalqonsimon bezning hajmi har xil turdagi hayvonlarda turlicha bo‗lib, bir turdagi hayvonlarda ham bir muncha farq qiladi. Uning kattaligi 87 hayvonning yoshi, jinsi, organizmning holati, yilning fasli va bir qator omillarga bog‗liq. Jumladan, sersut qoramollarda bu bez og‗irligi 23-41, go‗shtdor shoxlilarda esa 21-36, cho‗chqalarda 12-30, arxarlarda 20-35, qo‗ylarda 4-7 grammni tashkil qiladi. Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta‘minlanib turadi. Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali bir kunda 16 marta aylanib, oqib o‗tishi mumkin. Bezning parenximasi va stromasi bo‗ladi. Parenximasi o‗ziga xos pufakchalardan, ya‘ni follikulalardan tashkil topgan. Bu pufakchalarning devori sekretor epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus kolloid modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalarning ichi o‗sha kolloid moddalar bilan to‗la turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so‗ng qon va limfaga o‗tadi. Follikulalarning orasida biriktiruvchi to‗qima bo‗lib, u bezning stromasini tashkil qiladi. Qalqonsimon bezning asosiy gormoni tiroksindir. Tiroksin tarkibida yod bor. Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga o‗zi bilan kiradigan yodning asosiy qismi qonga so‗rilgandan keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez hujayralari uni ushlab qoladi. Bu yerda anorganik yod sitoxromoksidaza va peroksidaza fermentlarining ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. So‗ngra taxminan ikki soat davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi. Oqibatda monoyodtirozin va diyodtirozin molekulalari hosil buladi. Tetrayodtirozin tiroksin gormonining o‗zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma molekulalarini hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab glyukoproteindir. Uning molekulasida 10 ta polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan aminokislotalardan tashqari glyukoza, laktoza, mannoza ham saqlanadi. Tireoglobulin follikulalarning ichidagi kolloidda yig‗iladi, ayni vaqtda uning ma‘lum qismi parchalanib ham turadi. Shunda triyodtirozin va tetrayodtirozin - tiroksin hosil bo‗lib, qonga so‗riladi. Ular qondagi oqsillar bilan birikadi va tegishli to‗qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi vaqtlarda olingan ma‘lumotlarga qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin to‗qimalarda oksidlanib, dezaminlanadi. Oqibatda triyodtiroasetat va triyodtiropropinant kislotalar hosil bo‗ladi. Bular tiroksin va triyodtironinga qaraganda 80-300 baravar faolroqdir. Tiroksin va triyodtironin to‗qimalarda shu birikmalar holida ta‘sir qiladi deb hisoblanadi. 88 Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o‗sishi, rivojlanishida, unda oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Bu gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Qalqosimon bezda hosil bo‗ladigan tiroksin, triyodtironin va triyodteroasetat kislota va boshqa ba‘zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning mitoxondriyasidagi oksidlanish jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril guruhlarga aylantirib, ularni faollashtiradi. Organizmda qalqonsimon gormonlari yetishmay qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo‗ladi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg‗ochi hayvonlarda ovulyasiya va urug‗lanish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion bo‗g‗ozlikning boshidayoq halok bo‗ladi. Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari etishmaganida (gipofunksiyasida) yosh hayvonlar o‗sishdan, rivojlanishdan qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi. Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz) kretinizm kasalligini paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Bu paytda bo‗y o‗smaydi, uning og‗zi doimo ochiq bo‗lib, tili chiqib turadi. Chunki til haddan tashqari o‗sib ketib og‗izga sig‗may qoladi. Voyaga yetmagan hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha ishlamasa, ―Miksedema‖ kasalligi paydo bo‗ladi. Bu vaqtda asosiy almashinuv pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, osmotik bosim oshib ketadi, to‗qimalarda suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo bo‗ladi. Organizmda yod kamchiligi paytida buqoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez to‗qimasining yetarlicha ishlamayotganligi tufayli u gipertrofiyalanib, katta bo‗lib ketadi, follikulalari ko‗payadi, ammo, ajralayotgan gormonlarning miqdori kam bo‗ladi. Chunki ularning sintezlanishi uchun yod yetishmaydi. Infitireoid, ya‘ni qalqonsimon bez gormonlarining faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga tiomochevina, tionrasil, metiltionrasil va qalqonsimon bezda gormonlarning hosil bo‗lishini tormozlaydigan ko‗pchilik sulfanilamid preparatlar kiradi. Ular anorganik yod molekulalarini yodgacha oksidlovchi, tirozining yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta‘sir qilganda organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan o‗zgarishlar ro‗y beradi. Ammo bu moddalar qonda mavjud bo‗lgan va tashqaridan yuboriladigan gormonlarga ta‘sir qilmaydi. 89 Tireoid gormonlar organizmga yuborilganda oqsillar, yog‗lar va uglevodlar tez parchalanib, ko‗p sarf bo‗ladi. Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan mochevina hisobiga ko‗payadi. Manfiy azot muvozanati kuzatiladi. Jamg‗arilgan yog‗ ko‗p miqdorda kamaya boradi. Tiroksin yuborilganda, yog‗ depolaridagi yog‗ning miqdori 70% gacha kamayib ketadi, qonda xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishi tezlashib, qonda qand miqdori bir oz ko‗payadi. Oqibatda organizmning fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez ko‗payadi. Ma‘lum me‘yorda tiroksin yuborib turish sut beruvchi hayvonlarning sut mahsuldorligini, sutning yog‗liligini oshiradi. Tovuqlar patining o‗sishini yaxshilaydi, tuxum ko‗payadi. O‗sayotgan bolalar tishining normal o‗sib chiqishi, to‗qimalarning regenerasiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga bog‗liq. Bu gormonlarning markaziy nerv tizimining funksional holatiga ta‘sir qilishi diqqatga sazovordir. Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin yuborilib turgan hayvonlar qo‗zg‗aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan bo‗lib qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo‗lishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya po‗stlog‗idagi qo‗zg‗alish jarayonlari pasaytirilsa, organizmga tiroksin yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar miya po‗stlog‗i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Tiroksin bosh miya retikulyar formasiyasida to‗planadi degan ma‘lumotlar bor. Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, uni qonga yuborgan paytdagidan ko‗proq kuchayadi. Normada qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi, ya‘ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning bo‗g‗ozlik, laktasiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning giperfunksiyasi buyrak usti bezining faolligini bir muncha tormozlaydi. Fiziologik gipofunksiya (bez faoliyatining normadan pasayishi), qishda uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki uxlash vaqtida kuzatiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling