Va oliy nerv faoliyati
Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limfoid kompleksga
Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari.
Qon tizimi juda murakkab bo‗lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. 110 Ularga qonning o‗zi, qon yaratuvchi a‘zolar, qon yemirilishini ta‘minlovchi a‘zolar kiradi. Qon yaratuvchi a‘zolar ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan qonning shaklli elementlarini, ikkinchidan, gumoral immunitetni ta‘minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a‘zolarga bo‗linadi. Qizil suyak ko‗migi va ayrisimon bez odamning markaziy qon yaratuvchi a‘zolarini tashkil qilsa,chetdagi qon yaratuvchi a‘zolarga –limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi, asosan ovqat hazm qilish tizimi devoridagi l i m f o i d to‗qima kiradi. Bu a‘zolarning hammasida yoshga bog‗liq sezilarli o‗zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko‘migi. Bola tug‗ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi, qonga bo‗lgan ehtiyoj ortadi.Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan suyak ko‗migida rivojlanadi.Bola to‗rt yoshga yetganida naysimon suyaklarida sariq ilik paydo bo‗ladi va balog‗atga yetish davrida suyaklarning bu qismini to‗ldiradi. Qonning shaklli elementlarini yaratuvchi o‗zak hujayralarining asosiy qismi qizil ko‗mikda joylashgan. Qizil ko‗mikda umuman uchraydigan bir million hujayraga 50 ta o‗zak hujayra to‗g‗ri keladi. Ulardagi ko‗mikda qonning quyuq qismini tashkil etuvchi shaklli elementlar-eritrositlar, donali barcha leykositlar,trombositlar,limfositlar rivojlanadi.Shu bilan birga ko‗mik eritrositlarini yemirishda, ulardan ajralib chiqqan temirni qayta o‗zlashtirishda va qon tarkibiga kiruvchi gemoglobin moddasini sintez qilishda ishtirok etadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, chaqaloqlik davrida qon yaratuvchi a‘zolarning tiklovchilik qobiliyati juda yuqori, ular yo‗qotilgan qon o‗rnini tez-tez to‗ldira oladi. Limfoid kompleksga-ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va ovqat hazm qilish tizimidagi l i m f o i d to‗qima kiradi. Ayrisimon bez- u bolalarda alohida o‗rin tutadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqning bu bezi 7-34 g gacha bo‗ladi.Bola uch yoshga yetgunicha bu bez kattalashadi,3-20 yosh orasida bezning o‗lchami bir me‘yorda bo‗lib, keyin kichiklasha boshlaydi.Bu bez immunologik xotira a‘zosidir. Ayrisimon bezdan ajraladigan gormonlar bolaning o‗sish va rivojlanishini ta‘minlaydi va ayniqsa bolaning immunitet tizimini rivojlanishida o‗ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling