Va oliy nerv faoliyati
Oliy asab faoliyatining xususiyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Oliy asab faoliyatining xususiyatlari. Katta yarimsharlar po‗stlog‗ining
hujayralari bola hayotining dastlabki davridayoq tashqi signallarni qabul qilishga va organizmning moslashish faoliyatiga bo‗lgan ichki imkoniyatlarini safarbar qilishga qodir bo‗ladi. Shunday doimiy o‗zaro a‘loqa asosida, ayni vaqtda nerv to‗qimasining o‗sishi, nerv tuzilmalarining shakllanishi bilan birga ularning funksiyasi rivojlanadi va reaksiyalarning tobora murakkab shakllari paydo bo‗lib boradi. Ular tug‗ma reflekslar, ya‘ni bola tug‗ilganda mavjud bo‗lgan reflekslar negizida hosil bo‗ladi. Ularning soni ko‗p emas ovqat refleksi, muhofaza refleksi, ushlash refleksi, yo‗tal refleksi va yashab ketish 121 uchun muhim ahamiyatiga ega bo‗lgan ba‘zi bir reflekslar shular qatoriga kiradi. Tashqi olam signallarini qabul qilish va tahlil qilishni ta‘minlaydigan va ularni organizmning muayyan javob reaksiyasi shaklida ro‗yobga chiqaradigan asab mexanizmlari oliy nerv faoliyati deyiladi. Uning belgilari markaziy nerv sistemasi bo‗lgan hamma organizmlarga xos va ular tug‗ma (shartsiz) va hayot jarayonida orttirilgan (shartli) refleks ko‗rinishida reflektor xususiyatga ega bo‗ladi. Shartli reflekslar-rag‗bat bo‗lmaganda yo‗qolish ehtimoli bo‗lgan yoki zarurat bo‗lganda hosil bo‗la oladigan vaqtinchalik a‘loqalardir. Tug‗ilishdan keyin hayotning dastlabki 4 oyida hosil bo‗ladigan reflekslar soni g‗oyat chegaralangan bo‗ladi va ular juda sekinlik bilan yuzaga keladi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib, unda ikkinchi signal sistemasi faoliyati namoyon bo‗ladi, u asta-sekin murakkablashib boradi.Bolaning jadal o‗sishi barcha to‗qimalari va organlariga nozik va fiziologik aktiv moddalar, kislorod yetkazib berilishi va metabolizm mahsulotlarining chiqarib tashlanishi bilan ta‘minlanadi. Bu ko‗p jihatdan qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, issiqlik almashinuvini idora qiladigan uzunchoq miya va ko‗prikcha, oraliq miya nerv markazlarining ishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Bola hayotining uchinchi yilida ko‗p sonli murakkab shartli reflekslar tez va oson hosil bo‗ladi, tayanch-harakatlanish apparati jadal rivojlanadi, «bu nima?» degan tadqiqot refleksi juda tez avj olib boradi va lug‗at fondi endi taxminan 700 so‗zni tashkil etadi. Bola nutq o‗rganadigan eng qulay davr 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‗lishi adabiyotlarda yaxshi tasvirlangan. Shunisi xarakterliki, 5-6 yoshdan keyin lug‗at fondini egallash juda qiyinlashadi, nutq esa rivojlanmay qolishi mumkin. Maktab yoshiga kelib, nerv jarayonlarining kuchi, vazminligi va serharakatligi muayyan darajada rivojlanadi. Bola hamma narsani bilib va o‗rganib olishga juda qiziqadi. Nutqi rivojlanib boradi va uning so‗z boyligi tez ortib boradi. So‗zning ahamiyati birmuncha kuchayadi va umumlashtiruvchi funksiyani kasb etadi. Kichik maktab yoshi davrida 11 yoshgacha oliy nerv faoliyati rivojlanishda davom etadi . Diqqatni beixtiyor jamlash qobiliyati kuchayib boradi. 7 yoshdan 14 yoshgacha his-hayajon va instinkt ustidan kortikal nazorat birmuncha kuchayadi. Bu davrda bola nerv sistemasining tipi, xulq-atvor stereotipi, xulq- atvori, odatlari, uzil-kesil shakllanib bo‗ladi. Bu yoshda yuksak jismoniy va aqliy zo‗riqish nerv sistemasining normal qo‗zg‗aluvchanligini buzadi, bolalar oliy nerv faoliyatining turli-tuman buzilishiga sabab bo‗ladi. O‗rta maktab 122 yoshida 16 yoshgacha qo‗zgalish jarayonlarining kuchayishi kuzatiladi. Bu oyoq-qo‗llar, gavda, boshni ortiqcha harakatlantirishda ko‗rinadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling