Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ontogenez
jarayonida asab tizimi turli bo‘limlarining shakllanishi. Yangi tug‗ilgan chaqaloq orqa miyasining vazni 3-4 g va uzunligi 14-16 sm bo‗ladi. Bosh miyasi taxminan 400 g bo‗ladi. Dastlabki 3 yilda miya to‗qimalarning jadal o‗sishi kuzatiladi va dastlabki ikki yil mobaynida o‗sishda orqa miyani keyinda qoldiradi. Keyinchalik orqa miya bosh miyadan tezroq o‗sadi. 117 Bosh miya tez orada katta odam miyasiga yaqin o‗lchamlarga ega bo‗ladi. 3 oylikda uning vazni ikki baravar oshadi, 3 yoshda uch baravar oshadi va 4 yoshda taxminan 1200 g ga yetadi. Tug‗ilgan davrdan boshlab katta bo‗lguncha (20 yoshga to‗lguncha) orqa miyaning vazni 8 marta, bosh miyaniki 4 marta ortadi. Uzunchoq miya va ko‗prikcha yadrolari tug‗ilish vaqtiga kelib shakllanib bo‗ladi va 7 yoshda ularning yetilishi, asosan tugallangan miya bu bo‗limlarning tuzilishi katta odamnikidan farq qilmaydi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqning o‗rta miyasi ham tuzilishiga ko‗ra katta odamnikiga o‗xshaydi. Kalla suyagi, miya nervlarining yadrolari yaxshi rivojlangan. Boshqa nerv markazlarining yadrolari ham, rivojlanish jihatidan bir xil bo‗lmasa-da, mavjud bo‗ladi. Chunonchi, qizil yadro neyronlari pigmentatsiyasi 2 yoshdan boshlanadi va 4 yoshga kelib tugallanadi. Qora substansiyaniki 3 yoshdan 7 yoshgacha davom etadi. Miyacha tuzilmasining shakllanishi tug‗ilishdan keyin juda tez boradi. Bir yoshda uning vazni to‗rt marta ortadi, 3 yoshda katta odam miyachasi o‗lchamlariga mos keladi va 7-8 yoshga kelib, jadal rivojlanish jarayoni tugallanadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqda oraliq miya yadrolarining kattagina qismi yaxshi rivojlangan bo‗ladi. Jigarning rivojlanishi va tabaqalanishi 17 yoshgacha davom etadi. Gipotalamus yadrolari 3 yoshga borib yetiladi. Bazan yadrolari dastlabki ikki yilda jadal o‗sadi va bu vaqt ichida ular to‗qimasining massasi; ikki baravar ortadi. Vegetativ nerv sistemasining rivojlanishi bolada harakat funksiyalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib 12-14 yoshda , katta yoshli odamdagi darajaga yetadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling