Va oliy nerv faoliyati


Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari. Ma‘lumki, yurak odamda 
qonni tomirlarga xaydab beradigan va tinimsiz ravishda avtomatik tarzda urib 
turadigan organ hisoblanadi. Yurak to‗rt kamerali hisoblanadi ya‘ni ikkita o‗ng va 
chap bo‗lmachalar hamda o‗ng va chap qorinchalardan iboratdir.Chaqaloq 
yuragining og‗irligi 16-24 gr ga teng bo‗lib, tana og‗irligining 0,68-0,89 % ini 
tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda yurak erkaklarda 220-300 gr ga, ayollarda 
180-220 ga teng bo‗lib, tana og‗irligining 0,48-0,52 % ini tashkil etadi.
Katta odamlarda yurak bir daqiqada 70-72 marta ursa, chaqaloqlarda 
ancha yuqori ya‘ni 120-140 martani tashkil etadi. Bolalarda yurakning o‗sishi ikki 
yoshgacha ancha tez bo‗ladi, ikki yoshdan keyin esa sekinlashadi. Bolalar yurak 
qon- tomir tizimi o‗sish va rivojlanish davrida neyrogumoral tizim tomonidan 
boshqarilib boriladi. Puls- Yurakning qisqarish chastotasi ya‘ni puls chaqaloq 
tug‗ilgan kunida bir daqiqada 140 marta, 2-3 oyligidan boshlab, 127 marta, bir 
yoshdan boshlab, 2 yoshgacha 120 marta, 2-4 yoshgacha 115 marta, 5 yoshda-100 
marta, 7-10 yoshda 85-75 marta va nixoyat 14 yoshdan boshlab esa kattalarnikiga 
tenglashadi ya‘ni 70-72 martaga yetadi. 
Qon aylanish tizimi. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning
aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan 
iborat bo‗ladi. Kata qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng 
yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda 
mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib 
quyilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish doirasining 
vazifasi burun bo‘shlig‘i orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali 
barcha organ va to‘qimalarga tashilib, yetkazilib beriladi ya’ni to‘qima va 
hujayralar kislorod bilan ta’minlanadi. O‘z navbatida to‘qima va organlardagi 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zaharli, qoldiq gazlar katta qon 
aylanish doirasi orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga olib kelinadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling