Va oliy nerv faoliyati
Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish tizimi.
Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari. Ma‘lumki, yurak odamda
qonni tomirlarga xaydab beradigan va tinimsiz ravishda avtomatik tarzda urib turadigan organ hisoblanadi. Yurak to‗rt kamerali hisoblanadi ya‘ni ikkita o‗ng va chap bo‗lmachalar hamda o‗ng va chap qorinchalardan iboratdir.Chaqaloq yuragining og‗irligi 16-24 gr ga teng bo‗lib, tana og‗irligining 0,68-0,89 % ini tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda yurak erkaklarda 220-300 gr ga, ayollarda 180-220 ga teng bo‗lib, tana og‗irligining 0,48-0,52 % ini tashkil etadi. Katta odamlarda yurak bir daqiqada 70-72 marta ursa, chaqaloqlarda ancha yuqori ya‘ni 120-140 martani tashkil etadi. Bolalarda yurakning o‗sishi ikki yoshgacha ancha tez bo‗ladi, ikki yoshdan keyin esa sekinlashadi. Bolalar yurak qon- tomir tizimi o‗sish va rivojlanish davrida neyrogumoral tizim tomonidan boshqarilib boriladi. Puls- Yurakning qisqarish chastotasi ya‘ni puls chaqaloq tug‗ilgan kunida bir daqiqada 140 marta, 2-3 oyligidan boshlab, 127 marta, bir yoshdan boshlab, 2 yoshgacha 120 marta, 2-4 yoshgacha 115 marta, 5 yoshda-100 marta, 7-10 yoshda 85-75 marta va nixoyat 14 yoshdan boshlab esa kattalarnikiga tenglashadi ya‘ni 70-72 martaga yetadi. Qon aylanish tizimi. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat bo‗ladi. Kata qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish doirasining vazifasi burun bo‘shlig‘i orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali barcha organ va to‘qimalarga tashilib, yetkazilib beriladi ya’ni to‘qima va hujayralar kislorod bilan ta’minlanadi. O‘z navbatida to‘qima va organlardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zaharli, qoldiq gazlar katta qon aylanish doirasi orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga olib kelinadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling