Va oliy nerv faoliyati


Yurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Yurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasi. Kun tartibi yurak-tomir 
tizimiga kuchli ta‘sir etadi. Bolaning kun tartibi to‗g‗ri tashkil etilsa, yurak-
tomir tizimi mo‗tadil ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy 
ish va mashqlarning jadalligi va og‗ir-yengilligi, ularning yoshiga mos bo‗lishi 
kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq 
muddat harakatsizlik yurak-tomir tizimi ishini buzadi. 
Bolalarning kiyimi, poyafzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena 
tomirlarda qon damlanib qolishiga yo‗l qo‗ymaydigan bo‗lishi kerak. Poyafzal 
tor bo‗lsa, oyoqning qon bilan ta‘minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, 
yara paydo bo‗ladi. Bolalarning sof havoda bo‗lishi, jismoniy mashqlar bilan 
shug‗ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarning normal ishlashida 
muhim ahamiyatga ega. 
Nazorat savollari 
1.Odam organizmida qanday suyuqliklar mavjud?. 
2.Qon qansi to‗qimadan hosil bo‗ladi? 
3. Bolalardagi qon yaratuvchi a‘zolani gapirib bering?. 
4.Qon deposini qaysi a‘zo tashkil etadi ?. 


114 
5. Yurak qanday tuzilgan?. 
6. Yurakning qanday klapinlari va qon tomirlari bor?. 
7. Yurakning ishlash sikli deganda nimani tushunasiz?. 
8.Katta va kichik qon aylanish doiralarini tushuntirib bering?. 
 
MARKAZIY (NERV) ASAB TIZIMINING ANATOMIYASI, 
FIZIOLOGIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI. BOSH MIYA KATTA 
YARIM SHARLAR TUZILISHI . OLIY NERV FAOLIYATINING 
YOSH XUSUSIYATLARI. 
 
Asab tizimining tuzilishi. Nerv sistemasi faqat tirik organizmlarga xos 
bo‗lib, turlicha tuzilgan va murakablik darajasi ham har xil. Nerv sistemasi 
odam organizmining barcha to‗qimalari va organlarining o‗zaro aloqasini va 
bir butun bo‗lib harakat qilishini ta‘minlaydi. Uning yordamida turli-tuman 
ta‘sir idrok etiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o‗zgarishlarga 
ko‗ra javob reaktsiyalari shakllanadi, ya‘ni organizmning o‗z-o‗zini idora 
qilishi va moslashuvi jarayonlari boradi. 
Nerv sistemasi organlar va to‗qimalarga turli moddalar yordamida qon 
orqali ta‘sir qiladigan gumoral sistema bilan o‗zaro bog‗liq holda ishlaydi. 
Biroq nerv mexanizmi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki ta‘asurot 
nerv tolalari bo‗ylab faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi. 
Butun nerv sistemasini tuzilishi jihatidan markaziy va periferik 
sistemalarga bo‗lish mumkin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya, 
periferik nerv sistemasiga somatik va vegetativ nerv sistemasi kiradi. Bosh 
miya kalla qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog‗onasining orqa miya kanalida 
bo‗ladi. Periferik nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan barcha organlar 
va to‗qimalarda bo‗ladigan reseptorlar va effektorlar orqali bog‗lanib turadi. 
Nerv to‗qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. Ular 
tanadan va ikkita tarmoq (o‗siq)- dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan 
bo‗lib, o‗zaro va turli organlarning to‗qimalari yordamida birikadi. Neyronning 
asosiy funktsiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impulslari ko‗rinishida 
uzatishdir. Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi. Akson-uzun o‗simta 
bo‗lib, u ham tarmoqlanishi mumkin, unda yon va oxirgi o‗simtalar hosil 
bo‗ladi. Akson qo‗zg‗alishni neyron tanasidan boshqa hujayralariga yoki
to‗qimalarga o‗tkazishga moslashgan, uzunligi 1 m ga yaqin bo‗lishi 
mumkin. 
Agar akson:atrofdagi to‗qimalari va boshqa nerv tolalarining elektr-
ximiyaviy ta‘siridan himoya qiladigan miyelin parda bilan o‗ralgan bo‗lsa,. 
nerv impul‘sini o‗tkazish tezligi ortadi. Hamma sezuvchi va harakatlanuvchan 


115 
nerv tolalari, shuningdek, vegetativ tolalarning bir qismi ham shunday parda 
bilan o‗ralgan. Ko‗p sonli aksonlardan nerv tolalari va nerv sistemasining 
o‗tkazuvchi yo‗llari shakillanadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling