Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Ontogenez 
jarayonida 
asab 
tizimi 
turli 
bo‘limlarining 
shakllanishi. Yangi tug‗ilgan chaqaloq orqa miyasining vazni 3-4 g va 
uzunligi 14-16 sm bo‗ladi. Bosh miyasi taxminan 400 g bo‗ladi. Dastlabki 3 
yilda miya to‗qimalarning jadal o‗sishi kuzatiladi va dastlabki ikki yil 
mobaynida o‗sishda orqa miyani keyinda qoldiradi. Keyinchalik orqa miya 
bosh miyadan tezroq o‗sadi.  


117 
Bosh miya tez orada katta odam miyasiga yaqin o‗lchamlarga ega 
bo‗ladi. 3 oylikda uning vazni ikki baravar oshadi, 3 yoshda uch baravar oshadi 
va 4 yoshda taxminan 1200 g ga yetadi. Tug‗ilgan davrdan boshlab katta 
bo‗lguncha (20 yoshga to‗lguncha) orqa miyaning vazni 8 marta, bosh 
miyaniki 4 marta ortadi. 
Uzunchoq miya va ko‗prikcha yadrolari tug‗ilish vaqtiga kelib 
shakllanib bo‗ladi va 7 yoshda ularning yetilishi, asosan tugallangan miya bu 
bo‗limlarning tuzilishi katta odamnikidan farq qilmaydi. Yangi tug‗ilgan 
chaqaloqning o‗rta miyasi ham tuzilishiga ko‗ra katta odamnikiga o‗xshaydi.
Kalla suyagi, miya nervlarining yadrolari yaxshi rivojlangan. Boshqa nerv 
markazlarining yadrolari ham, rivojlanish jihatidan bir xil bo‗lmasa-da, mavjud 
bo‗ladi. Chunonchi, qizil yadro neyronlari pigmentatsiyasi 2 yoshdan 
boshlanadi va 4 yoshga kelib tugallanadi. Qora substansiyaniki 3 yoshdan 7 
yoshgacha davom etadi. 
Miyacha tuzilmasining shakllanishi tug‗ilishdan keyin juda tez 
boradi. Bir yoshda uning vazni to‗rt marta ortadi, 3 yoshda katta odam 
miyachasi o‗lchamlariga mos keladi va 7-8 yoshga kelib, jadal rivojlanish 
jarayoni tugallanadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqda oraliq miya yadrolarining 
kattagina qismi yaxshi rivojlangan bo‗ladi. Jigarning rivojlanishi va 
tabaqalanishi 17 yoshgacha davom etadi. 
Gipotalamus yadrolari 3 yoshga borib yetiladi. Bazan yadrolari 
dastlabki ikki yilda jadal o‗sadi va bu vaqt ichida ular to‗qimasining massasi; 
ikki baravar ortadi. Vegetativ nerv sistemasining rivojlanishi bolada harakat 
funksiyalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib 12-14 yoshda , 
katta yoshli odamdagi darajaga yetadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling