Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

16-rasm. Markaziy nerv (asab) tizimi tuzilishi. 
Har bir o‗simta sinaps nomini olgan qoplama bilan tugallanadi. U nerv 
implusini bir neyrondan ikkinchisiga yoki biror to‗qimaga o‗tkazishni 
ta‘minlaydigan fiziologik aktiv moddalari bo‗lgan pufakchalar -mediatorlar 
bilan to‗lgan bo‗ladi. Shunday qilib, nerv sistemasi bo‗ylab axborot o‗tkazish 
elektr va ximiyaviy tabiatga ega. Agar neyronning tanasi shikastlansa, akson va 
dendritlar nobud bo‗ladi, agar u saqlanib qolsa, unda yangi o‗simtalar hosil 
qiladi. 
Hayot mobaynida neyron o‗simtalari tarmog‗ining soni o‗zgarishi - 
aniqlangan, shu tufayli bosh miya o‗sadi va rivojlanadi. Nerv hujayrasi 
bo‗linishiga va o‗zi singari vaqtida shakllanadigan 10-14 mlrd neyron keyin bir 
dona ham ko‗paymaydi. shu tarkibiy qismlar 5-7 yoshli bolada, ayniqsa jadal 
o‗sadi. Shunga muvofiq : neyronlarning sinaptik bog‗lari soni ham ortadi
mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, nerv hujayrasi yuzasining 
taxminan 80% sinapslar bilan qoplanishi mumkin va ularning miqdori neyron 
bog‗laridan .dalolat beradi. Turli nerv hujayralarida ularning ;soni o‗zgarib 
turadi va neyronlarning funksional ishi miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, 
tug‗ilishdan boshlab, sog‗lom hayvonlar tajriba tariqasida mutlaqo qorong‗ida 
boqilsa, ularda neyronlarning rivojlanishi, ko‗rish, markazi bilan sinaptik 
aloqalari rivojlanmaydi, yorug‗lik axboroti qabul qilinmaydi va qayta 


116 
ishlanmaydi. Natijada ko‗rish organining barcha struktura elementlari 
bo‗lishiga qaramay, hayvonlarning ko‗zi ko‗rmaydi. 
Nerv to‗qimasi hujayralarining ayrim o‗ziga xos qo‗zg‗aluvchanlik va 
o‗tkazuvchanlik xossalari bor. Qo‗zg‗aluvchanlik tashqi muhitdagi 
o‗zgarishlarni qabul qilish va ularga qo‗zg‗alish reaktsiyasi bilan javob berish 
xususiyatidan iborat. Nerv hujayralari va boshqa ayrim hujayralar, masalan, 
muskul hujayralarining qo‗zg‗aluvchanligi ayniqsa yuksak va ular ta‘sirga tez 
javob berishga moslashgan. Bunga o‗tkazuvchanlik xossasi, ya‘ni to‗qimaning 
qo‗zg‗alishni o‗tkazish qobiliyati tufayli erishiladi. Qo‗zgaluvchanlik va 
o‗tkazuvchanlik xossalari membranada va hujayralar ichida bo‗ladigan qator 
bioximiyaviy, fizik va elektr hodisalari bilan bog‗liq va shular tufayli amalga 
oshiriladi. 
Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nerv tolalari 
mavjud. Markazga intiluvchi nervlar qo‗zg‗alishni reseptorlardan markaziy 
nerv sistemasiga o‗tkazadi va ular sezuvchi, ya‘ni markazga intiluvchi nervlar 
deyiladi. Markazdan qochuvchi nerv tolalari bo‗ylab impuls markaziy nerv 
sistemasidan periferiyaga, ishchi organlarga-effektorlarga keladi. Bu tolalar 
yana harakat tolalari ham deyiladi. Aralash nervlarda tolalarning ikkala turi 
ham bo‗ladi. 
Dendritlar axborotni boshqa nerv hujayralaridan yoki odam tanasi 
yuzasida, 
shuningdek, 
ichki 
organlarning 
to‗qimalarida 
joylashgan 
muvofiqlashgan sezuvchi hujayralar-retseptorlardan oladi. Retseptorda vujudga 
kelgan qo‗zg‗alish jarayoni sezuvchi neyron bo‗ylab markaziy nerv sistemasiga 
tarqaladi, u yerda harakat neyroniga o‗tadi va u bo‗ylab effektorga borib
yetadi hamda to‗qima tipining qandayligiga ko‗ra, muayyan reaksiya 
ko‗rinishida tugallanadi. Bu, masalan, muskullar qisqarishi, biror bezning 
sekretsiyasi kabilarda yuzaga chiqishi mumkin.
Tasvirlangan nerv strukturasi reflektor yoy deb ataladi, tashqi yoki 
ichki muhitdan markaziy nerv sistemasi ishtirokida bo‗ladigan ta‘sirga 
organizmning javob reaktsiyasi esa refleks deyiladi. Reflektor yoylar ikkita va 
undan ko‗p neyronlardan iborat bo‗lishi va ulardagi qo‗zg‗alish faqat bir 
yo‗nalishda o‗tkazilishi mumkin. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling