Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola qonining miqdori va funksiyalari
Limfatik tugunlar Limfa tomirlari bo‗ylab juda ko‗p limfa tugunlari
joylashgan.Tanada bu limfatik tugunlarning umumiy massasi 1,5-2 kg atrofida bo‗ladi. Limfatik tugunlarning qon yaratilishidagi ishtiroki T va V limfositlar ko‗payishini, ularning antigenga mos holda ixtisoslashishini va maxsus antitelolar- (odam organizmini yot moddalar ya‘ni antigenlardan himoya qiluvchi moda) ishlab chiqarishini ta‘minlashdan iborat.Taloq –u qon yaratuvchi a‘zolar orasida tuzilishi jihatidan eng murakkab bo‗lgan a‘zo hisoblanadi. U qonning shaklli elementlarini muddatini o‗tab bo‗lgandan so‗ng yemirilishini ta‘minlaydi. 111 Chaqaloq talog‗ining og‗irligi 10 gr keladi.Shuningdek taloqda organizmdagi ortiqcha qon zahira holida saqlanadi va organizm kerakli paytda taloqdagi zahira qondan foydalanadi.Taloq yana organizmni immunitet xususiyatini oshirishda ham xizmat qiladi. Bola qonining miqdori va funksiyalari . Ma‘lumki bolalarda va kattalarda qon asosan ikki qismdan iborat bo‗ladi. Qonning 55-60%qon plazmasi ya‘ni suyuq qism,qolgan 40-45% ini qonning quyuq qismi, ya‘ni shaklli elemetlar tashkil etadi. Qonning shaklli elemetlariga qizil qon hujayralari –eritrositlar, oq qon hujayralari –leykositlar va qon plastinkalari-trombositlar kiradi. Qon plazmasi bolaning o‗sishi va rivojlanishini ta‘min etadi.Shaklli elementlardan eritrositlar qizil ilikda hosil bo‗lib,120 kun yashaydi va keyin parchalanib ketadi.Eritrositlarning tarkibida gemoglobin moddasi mavjud bo‗lib, u temir moddasidan va globin nomli oqsildan iborat bo‗ladi. Eritrositlar organizmda kislorod va karbonat angidrid kabi bir qator gazlarni tashish vazifasini bajaradi, miqdori esa kattalarda 1 mm qonda o‗rtacha 5mln.dona atrofida bo‗ladi. Agar eritrositlar kamayib ketsa, organizmda animeya ya‘ni kam qonlik kasali vujudga keladi. Oq qon hujayralari leykositlar esa organizmda 3- 5 kungina yashaydi va o‗z navbatida o‗ta muhim bo‗lgan organizmni begona moddalardan himoya qilish ya‘ni fagositoz vazifasini bajaradi va ularning miqdori kattalarda 6-8 ming dona bo‗ladi. Trombositlar esa organizm jarohatlanib qon oqa boshlaganda tezda to‗siq hosil qilib, qon ivishini ta‘minlab beradi va miqdori kattalarda 300-400 ming dona bo‗ladi. Tana og‗irligiga nisbatan hisoblaganda, chaqoloq qonining miqdori 12- 15% ni tashkil (katta odamlarda o‗rtacha 7%) etadi. Bola bir yoshga to‗lganida qonning miqdori 10-11% ga teng bo‗ladi. Demak, chaqaloq tanasi og‗irligining 1 kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga 100 ml, katta yoshli odamda 70 ml qon to‗g‗ri keladi. Bolalarda qon miqdorining ko‗pligi organizmning kislorodga bo‗lgan yuqori ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bir kunlik chaqaloq qoni hajmining 54% ini shaklli elementlar, 46 % ini plazma tashkil etadi. Balog‗atga yetish davrida bu ko‗rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi. Yangi tug‗ilgan bolalarda eritrositlar 1 mm qonda 5 mln. 250 ming dona bo‗ladi. Chaqaloq eritrositlarining umri qisqa 2-3 kungina bo‗ladi. Bola bir yoshga kirganidan so‗ng eritrositlar kattalarnikidek 120 kun yashaydi. Chaqaloqda eritrositlar tarkibidagi gemoglobin miqdori kattalarnikidan ko‗proq bo‗ladi (17-18 g %).Xuddi shuningdek chaqaloqlarda va yosh bolalarda leykositlar, trombositlarning soni, tarkibi ham kattalarnikidan anchaga farq qiladi va voyaga yetish davri oldidan kattalarnikiga tenglashadi. Endi qonning funksiyalari haqida quyidagilarni aytish mumkin: 1) Qon organizmda tashuvchanlik vazifasini 112 bajaradi; 2) qon immunitet vazifasini bajaradi; 3) qon organizmni nerv sistemasi bilan birgalikda gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) qon tana haroratini doimiy bo‗lishini boshqarishda ishtirok etadi. Bular qonning asosiy vazifalari hisoblanib, bulardan tashqari qon yana bir qator funksiyalarni ham bajaradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling