Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nazorat savollari
1.Odamdagi qanday garmonlarni bilasiz ?. 2. Ichki sekretsib bezlariga qaysi bezlar kiradi ?. 3.Samatotrop garmoni organizmga tasiri qanday ?. 4.Bolalarning o‗sish, rivojlanishi va aqliy jihatdan yetilishida qaysi garmonlarning ahamiyati katta ?. 5.Buyrak usti garmonlarini tariflang ?. 6.Meda osti bezining ordanizmda ahamiyati nimada ?. 7. Ichki sekretsiya bezlarini olib tashlaganda odam organizmida nimalar kuzatiladi ?. 8.Garmonlarning moddalar almashinuvidagi ahamiyati nimada ?. 9.Suniy garmonlarni qabul qilish qanday oqibatlarga olib keladi ?. 10. Garmonlar organizmdagi qon bilan birgalikda qanday vazifani bajarishga ta‘sir ko‗tsatadi ?. YURAK QON-TOMIRLAR TIZIMINING TUZILISHI FIZIOLOGIYASI, YOSHGA OID XUSUSIYATLARI Qon aylanishi tizimi. Gubkalarda (suv jonivori-bulut) kanalchalardan tizilgan bo‗lib, ularda oziqlanish, nafas olish va ajratish manbalari hisoblanuvchi suyuqlik harakat qiladi. Kovakichlilar va quyi chuvalchanglarda oshqozon ritmik ravishda qisqaruvchi va gidrolimfa aylanib yuruvchi radial kanallarga chiqadi. Bo‗g‗imoyoqlilar va molyuskalarda (gemolimfa aylanib yuruvchi) ritmik qisqaruvchi tomirlardan tashkil topgan bo‗lib, ularning to‗qimalarga o‗tishda-lakunlarga o‗tadi, shu sababli bu jonzotlarda lakunarli yopiq bo‘lmagan qon aylanish tizimi faoliyat ko‗rsatadi. Birinchi yopiq qon aylanish tizimi yuqori darajali chuvalchanglarda kuzatilgan. Bu tizimda harakatlanayotgan qon hujayralargacha yetib bormaydi, to‗qimalar limfa bilan yuviladi. Yopiq qon aylanish tizimlari qorin va yelka tomirlaridan tashkil topgan bo‗lib, asosan yelka tomirlar qismini pulsi sezilarli bo‗ladi. Lansetnikda yurak rolini pulslanuvchi qorin tomiri bajaradi. 109 Past tabaqali umurtqalilarda yuraklar hosil bo‗ladi. Baliqlarda yurak ikki kamerali, amfibiyalarda esa uch kamerali va kichik qon aylanish doirasi rivojlangan. Quyi repiteliyalarda to‗rt kamerali yuraklar xuddi oliy darajadagi reptiliylardagi kabi yaxshi rivojlangan. Muskulli yurakni hosil bo‗lishida arterial tizimni – venoz tizimi bilan bog‗lovchi, qaysiki yurak qorinchalarida rivojlanuvchi keskin ortuvchi bosim qarshiligini kapillyarlarda yuzaga kelishida asosiy rolni o‗ynaydi. Parranda va sut emizuvchilarni yuragi to‗rt kamerali bo‗lib, to‗lig‗icha o‗ng va chap qismlarga bo‗lingan ular bir-biri bilan faqat katta va kichik qon aylanish doiralari qon tomirlari orqali a‘loqada bo‗ladi. Qon tomirlari: arteriyalar, venalar va kapillyarlar. Arteriya qon tomirlari uchta po‗stloqdan iborat bo‗lib: tashqi-biriktiruvchi to‗qimalardan, o‗rta silliq muskul to‗qimalardan va ichki bir qatlamli yassi epiteliyalardan iborat bo‗ladi. Ular elastik va muskul tipidagi arteriallarga farqlanadi. Birinchi tipga aorta va o‗pka artteriyasi kirib, ularning o‗rtangi qatlami elastik tipdagi tolalardan tashkil topgan bo‗ladi. Muskul tipidagi arteriyalarga qolgan barcha arteriya tomirlari kiradi. Venalar tuzilishi bo‗yicha arteriya tomirlariga juda o‗xshash, faqat ularning o‗rtangi qavati jiddiy darajada yupqa bo‗lib, ularda qonning orqaga qarab oqishiga qarshilik ko‗rsatuvchi klapanlar joylashgan. Venalar arteriyalarga nisbatan biroz keng. Kapillyarlarning devorlari bir qavat epitelial hujayralardan tashkil topgan bo‗lib, ular orasida yulduzsimon qisqaruvchi Ruje hujayralari joylashgan. Odamlar va sut yemizuvchi hayvonlarning qon tashuvchi tizimi nisbatan yopiq, qaysiki kapillyarlar devorlari katta miqdordagi suv bilan unda erigan to‗yimli moddalar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari uchun o‗tkazuvchan va ular orqali alveolalar epiteliya hujayralari va kapillyarlarning epitelial hujayralari orasida hamda kapillyarlar joylashgan to‗qima bilan kapillyarlarni epitelial hujayralari orasida gazlar almashinuvi kechadi. Tomirlar funksional jihatdan ham turlichadirlar va ular 6 guruhga bo‗linadi; 1)ammortizasiyalovchi tomirlar–aorta va o‗pka venasi, 2) qarshilik ko‗rsatuvchi–barcha katta va mayda arteriyalar; 3) almashinuv–barcha kapillyarlar; 4) anastomoz–to‗g‗ridan to‗g‗ri arteriyalarni venalarga tutashtiradi; 5) sfinkterli–kapillyarlarga qon o‗tishini ta‘minlovchi sfinkterli tomirlar; 6) hajmli–kovak va katta hajmli venalar. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling