Va oliy nerv faoliyati


Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari
Qon tizimi juda murakkab bo‗lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. 


110 
Ularga qonning o‗zi, qon yaratuvchi a‘zolar, qon yemirilishini ta‘minlovchi
a‘zolar kiradi. Qon yaratuvchi a‘zolar ikki muhim vazifani bajaradi: 
birinchidan qonning shaklli elementlarini, ikkinchidan, gumoral immunitetni 
ta‘minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a‘zolarga bo‗linadi. 
Qizil suyak ko‗migi va ayrisimon bez odamning markaziy qon 
yaratuvchi a‘zolarini tashkil qilsa,chetdagi qon yaratuvchi a‘zolarga –limfa 
tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi, asosan ovqat hazm qilish tizimi 
devoridagi l i m f o i d to‗qima kiradi. Bu a‘zolarning hammasida yoshga bog‗liq 
sezilarli o‗zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko‘migi. Bola tug‗ilganidan keyin uning 
qon aylanishida jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Kichik qon aylanish doirasi 
ishga tushadi, qonga bo‗lgan ehtiyoj ortadi.Chaqaloqlik davrida qon hujayralari 
asosan suyak ko‗migida rivojlanadi.Bola to‗rt yoshga yetganida naysimon 
suyaklarida sariq ilik paydo bo‗ladi va balog‗atga yetish davrida suyaklarning bu 
qismini to‗ldiradi. Qonning shaklli elementlarini yaratuvchi o‗zak hujayralarining 
asosiy qismi qizil ko‗mikda joylashgan. 
Qizil ko‗mikda umuman uchraydigan bir million hujayraga 50 ta o‗zak 
hujayra to‗g‗ri keladi. Ulardagi ko‗mikda qonning quyuq qismini tashkil etuvchi 
shaklli elementlar-eritrositlar, donali barcha leykositlar,trombositlar,limfositlar 
rivojlanadi.Shu bilan birga ko‗mik eritrositlarini yemirishda, ulardan ajralib 
chiqqan temirni qayta o‗zlashtirishda va qon tarkibiga kiruvchi gemoglobin 
moddasini sintez qilishda ishtirok etadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, chaqaloqlik 
davrida qon yaratuvchi a‘zolarning tiklovchilik qobiliyati juda yuqori, ular 
yo‗qotilgan qon o‗rnini tez-tez to‗ldira oladi. Limfoid kompleksga-ayrisimon bez, 
limfa tugunlari, taloq va ovqat hazm qilish tizimidagi l i m f o i d to‗qima kiradi. 
Ayrisimon bez- u bolalarda alohida o‗rin tutadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqning bu 
bezi 7-34 g gacha bo‗ladi.Bola uch yoshga yetgunicha bu bez kattalashadi,3-20 
yosh orasida bezning o‗lchami bir me‘yorda bo‗lib, keyin kichiklasha 
boshlaydi.Bu bez immunologik xotira a‘zosidir. Ayrisimon bezdan ajraladigan 
gormonlar bolaning o‗sish va rivojlanishini ta‘minlaydi va ayniqsa bolaning 
immunitet tizimini rivojlanishida o‗ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling