Va oliy nerv faoliyati


Kichik qon aylanish doirasi –


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Kichik qon aylanish doirasi –yurakning o‘ng qorinchasidan boshlanib, 
o‘pka arteriyasi deb nomlanadigan qon tomiri orqali ikkala o‘pkaga boradi. 
O‘pkada mayda qon tomirlari orqali zaharli gazlar tashqariga chiqarib yuboriladi 
va kislorodga to‘yingan toza qon tomirlarga o‘tadi. O‘pkada toza qonga aylangan 
qon o‘pka venalari nomli qon tomirlari orqali yurakning chap bo‘lmasiga kelib 
quyiladi va shu tariqa qon aylanish tizimi tinimsiz ravishda tanada aylanib 
boraveradi. 


113 
Demak, qon aylanish doiralari organizmni qon bilan ta‘minlab turadi. 
Qonning tomirlarda aylanayotganida albatta qon bosimiga ham e‘tibor berish 
lozim. Qon bosimi kattalarda yuqorisi 110-120 ga pastki chegarasi esa 80-70 ga 
tengdir. Bolalarda bu ko‗rsatkich ham o‗z navbatida ancha past ko‗rinishga ega 
bo‗ladi. Qon bosimi Karotkov yaratgan tanometr yordamida o‗lchanadi. 
Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomirlar tizimining 
funksiyalari. Bolalar ulg‗aygan sayin jismoniy ish bajarganda puls soni ortib 
boradi. 8-9 yoshli bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184, 14-15 yoshda 
206 bo‗ladi. 16-18 yoshli o‗smirda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz 
siyraklashib 196, qizlarda esa 201 bo‗ladi. Jismoniy ishdan so‗ng 8 yoshli 
bolalarda puls tezroq va 16-18 yoshli o‗smirlarda sekinroq bo‗lib, asli holiga 
keladi. Bolalar charchaganda o‗rtacha puls siyraklashadi. O‗quvchilar o‗quv yili 
oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola jismoniy 
mashq bilan muntazam ravishda shug‗ullanib tursa, yuragining massasi va sistolik 
hamda daqiqalik hajmi ancha ortadi. 
Ko‗plab ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga ko‗ra, chang‗ida yurganda, 
velosiped uchganda, futbol o‗ynaganda, yengil atletika va boshqalar bilan 
shug‗ullanganda, bolalar yuragining massasi, sistolik va daqiqalik hajmi ortadi. 
Yurakning sistolik hajmi muskul ishi vaqtida 12 yoshli bolalarda 104 sm \ 13 
yoshda 112 sm , 14 yoshda 116 sm bo‗ladi. Yurak-tomirlar tizimiga turli his-
hayajon (xursandchilik, g‗am, og‗riq, qo‗rquv va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki 
susaytiruvchi ta‘sir etadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling