Va oliy nerv faoliyati


Mag‘iz qatlamining faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Mag‘iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag‗iz moddasidan 
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda 
fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo‗ladi. Adrenalinning ta‘siri 
simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta‘siriga 
o‗xshashdir. Uning ta‘siridan ko‗z qorachig‗i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi 
tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o‗tkazuvchanligi va qo‗zg‗aluvchanligi 
kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya 
tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, 


95 
bronxalarni 
kengaytiradi, 
ichak 
peristalikasini 
tormozlab, 
muskullarini 
bo‗shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo‗zg‗atib, sfinkterlarning yorilishiga olib 
keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi. 
Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok etib, glikogenning parchalanib, 
glyukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini bir me‘yorda turishini 
ta‘minlaydi, markaziy asab tizimi qo‗zg‗aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin 
qon tomirlari devorining muskullariga ta‘sir etib, ularning qisqarishi, natijasida 
tomirlar yo‗lining torayishi va qon bosimining ko‗tarilishiga sabab bo‗ladi. Me‘da 
- ichak devorlari, o‗t pufagi muskullariga juda zaif ta‘sir ko‗rsatadi. Uglevodlar 
almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir 
xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta‘sir ko‗rsatadi. 
Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza 
va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi, shunga ko‗ra bu 
gormonlarning ta‘siri ko‗p cho‗zilmaydi. 
Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati. Me‘da osti bezining shira 
ajraluvchi sekretor bo‗lakchalari orasida o‗zining chiqaruv yo‗liga ega bo‗lmagan 
alohida hujayralar guruhi bor, ular shu hujayralarni birinchi marta tasvirlagan 
olimning nomi bilan Langergans orolchalari deb ataladi. 
Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya‘ni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida bu 
orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta, gamma 
hujayralar deb ataladi. Shulardan betta hujayralar hammasidan ko‗p (itlarda qariyb 
75 %) bo‗ladi. Betta hujayralar insulin (lotincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa 
hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi. Me‘da osti bezining mayda 
chiqaruv yo‗llaridagi epiteliy hujayralaridan lipokain gormoni ishlab chiqadi, 
degan ma‘lumotlar bor. Bez ekstraktlaridan yana bir necha gormon - vagoxonin, 
kallekrin va sentropeninlar topilgan. 
Me‘da osti bezining eng muhim gormoni insulindir. Mering va 
Minkovskiylar me‘da osti bezi olib tashlangan organizmda uglevodlar 
almashinuvini keskin buzilishi oqibatida hayvon halok bo‗lishini 1889 yildayoq 
kuzatganlar. Me‘da osti bezining ichki sekretor faoliyati har qancha tekshirilsa 
ham gormonni uzoq vaqt sof holda ajratib bo‗lmadi. Nihoyat, 1901 yilda 
Z.V.Sobolev me‘da osti bezidan ichki sekresiya mahsuloti - insulin gormonini 
ajratib olish usulini taklif qildi. U tabiatan oqsil bo‗lgani uchun bezni qirqib olib, 
maydalaganda, gormoni oqsilni parchalovchi pankreatik shirasi ta‘sirida 
parchalanib ketadi, deb o‗yladi. Buning oldini olish uchun Z.V.Sobolev ikkita 
usulni taklif qildi. Bu usullardan biri hayvon me‘da osti bezi olib tashlashdan 4-5 
kun oldin bezning pankreatik shira chiqaradigan yo‗llarini mahkam bog‗lab 


96 
qo‗yishdir. Bu vaqtda shira ajratuvchi tashqi sekretor hujayralar degenerasiyaga 
uchrab, nobud bo‗ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan shira qolmaydi. 
Ikkinchi usul embrionlar me‘da osti bezidan gormon ajratib olishdir. Chunki bu 
vaqtda ularda hali hazm shirasi ishlanib chiqmaydigan bo‗ladi. 
1892-yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga muyassar 
bo‗ldi. Insulinning kimyoviy tuzilishini o‗rganish natijasida uning disulfid bog‗lari 
bilan birikkan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan iborat polipeptid ekanligi 
aniqlandi. 
Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez yo‗li bilan olingan. Insulin 
organimzdan tashqarida sintezlangan birinchi oqsildir. Turli hayvonlarning me‘da 
osti bezidan olingan insulin o‗z molekulasidagi aminokislotalarning joylashuviga 
qarab bir-biridan farq qiladi. Insulinning molekulasida ruh (Zn) yo‗q, lekin u ruhni 
biriktira oladi, ayni vaqtda uning ta‘siri uzayadi va kuchayadi. Organizmga 
olloksan yuborilganda, beta hujayralarning faoliyati buzilib, insulin sintezlanmay 
qoladi, bu esa diabet kasalligiga, ya‘ni qandning organizmda o‗zlashtirmay, siydik 
bilan chiqib ketishiga sabab bo‗ladi. 
Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va uning 
parchalanishiga to‗sqinlik qiladi. Demak, periferik qonda qandning bir muncha 
kamayishiga sabab bo‗ladi. Organizmda uglevodlar almashinuvining oraliq 
mahsulotlaridan yog‗ va oqsillarning hosil bo‗lishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Qondagi qand miqdori bilan me‘da osti bezidan insulinni ajralishi o‗rtasida 
bog‗lanish bor, boshqacha aytganda, qonda qand ko‗paysa, insulin ham ko‗proq 
ishlanib chiqadi va aksincha. Betta hujayaralar faoliyati kuchayganda yoki 
organizmga anchagina miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning 
aksariyat qismi glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha 
kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv 
faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo‗lishi ham 
mumkin, bunda markaziy nerv tizimining qisqa muddatli qo‗zg‗alishidan keyin 
hayvon darmoni qurib, juda bo‗shashib qoladi, og‗ir hollarda esa, talvasaga ham 
tushadi va hokazo.
Glyukogon me‘da osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan 
gormondir. Bu gormon ta‘siridan jigarda glikogenining parchalanishi tezlashib, 
qondagi qand miqdori ko‗payadi. Shuning uchun ham bu gormon toza holda ajratib 
olinmasidan ilgari giperglikemik faktor deb yuritilardi. Qondagi qand miqdorini 
idora etishda insulin bilan glyukogenning o‗zaro ta‘siri alohida o‗rin egallaydi. 
Alfa hujayralarining faoliyati kuchayishi natijasida qonda qand miqdori oshadi - 
giperglikemiya kelib chiqadi. Shuning uchun bu hujayralar faoliyatining 
kuchayishi ham qandli diabetga sababchi bo‗lishi mumkin. Bu hujayralarning 


97 
faolligi sulfanilamid preparatlar va kobalt to‗rlari ta‘sirida kuchayadi. 
Glyukogon sun‘iy yo‗l bilan sintezlangan. U kristall holdagi modda bo‗lib, 
kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi. 
Sipokain - polipeptid bo‗lib, me‘da osti bezining chiqaruv yo‗lining 
epiteliysida ishlanib chiqadi. U hazm shirasi fermentlar ta‘sirida parchalanmaydi. 
Sipokain fostafidlar (lesitin) hosil bo‗lishini, ya‘ni yog‗larning sarflanishiga 
yordam beradi. Jigarni yog‗ bosib ketishidan saqlaydi. Bu gormon etishmasa, 
jigarni yog‗ bosadi va siydik bilan birgalikda ko‗p miqdorda keton tanachalari 
chiqarila boshlaydi (diabetning bir ko‗rinishi). 
Me‘da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa ham u 
ikki - uch oy o‗tgach, jigarini yog‗ bo‗sishi natijasida halok bo‗ladi. Ammo uning 
organizmiga insulin yuborish bilan birga ovqatiga me‘da osti bezi qo‗shib 
beriladigan bo‗lsa, hayotini saqlab qolish mumkin. Bu tajribalar me‘da osti bezidan 
insulin va lipokain gormonlari haqiqatan ham alohida-alohida ishlanib chiqishidan 
dalolat beradi. Lipokain gormoni o‗z ta‘sirini ko‗rsatish uchun boshqa lipotrop 
(yog‗ to‗planishiga to‗sqinlik qiluvchi) moddalar ham bo‗lishi kerak. Vagotonin - 
oqsil modda bo‗lib, kimyoviy tuzilishi haligacha aniqlanmagan. Bu gormon 
organizmga yuborilganda adashgan nerv yadrolarining tonusi kuchayib
parasimpatik nervning faolligi oshadi. Bundan tashqari, vagotonin qon hosil 
bo‗lish jarayonlarida ham ishtirok etadi. 
Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas markazini 
qo‗zg‗atib, 
bronxlarni 
kengaytiradi, 
gemoglobinga 
kislorod 
birikishini 
kuchaytiradi. Me‘da osti bezining ichki sekretor faoliyatini nerv tizimi boshqarib 
boradi. Jumladan, o‗ng tomondagi adashgan nervning bu bez uchun sekretor nerv 
ekanligi isbotlangan. Simpatik nerv tizimi qo‗zg‗alganda insulin sekresiyasi 
tormozlanadi. Ko‗p miqdorda glyukoza iste‘mol qilishi va natijada qonda qand 
ko‗payishi, jismoniy ish, hayajonlanish (emosiya) natijasida ro‗y beradigan 
giperglikimiya insulin sekresiyasini kuchaytiradi. Me‘da osti beziga bevosita ta‘sir 
etmaydigan gormonlar (buyrak osti bezining mag‗iz va po‗stloq qavati, 
qalqonsimon bez gormonlari) uglevodlar almashinuvini o‗zgartirib, insulin 
sekresiyasini kuchaytiradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling