Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon ham 
hosil bolishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin follikulalar ichiga 
o‗tmaydigan bo‗lgani uchun ularning ichidagi kolloid suyuqlikning tarkibida 
uchramaydi. Bu gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan polipeptid bo‗lib, 
tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibi turli hayvonlarda har xildir. 
Tireokalsitonin qonda kalsiy va fosforning miqdorini kamaytiradi. U 
suyaklardan qonga kalsiy chiqarilishiga to‗sqinlik qilib, siydik bilan 
fosforning ko‗p chiqarilishiga sabab bo‗ladi va parotireoid bezlarning gormoni 
bo‗lmish paratgormonning antogonisti hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda 


90 
kalsiy ko‗payib ketganda sezilarli miqdorda ajralib, qon ion tarkibining bir 
me‘yorda saqlanishida katta rol o‗ynaydi. 
Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib boradi. 
Simpatik nerv tizimining bezga keladigan tolasi qo‗zg‗atilganda bezning 
giperfunksiyasiga xos belgilar kuzatiladi, chunonchi, ko‗z cho‗qqayib qorachig‗i 
kattalashadi, asosiy almashinuv kuchayadi. Parasimpatik nerv tolalari esa bez 
faoliyatini susaytiradi. Shu bilan birga, bosh miyada qo‗zg‗alish jarayonlari ustun 
turganda bez faoliyati kuchaysa, tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez 
faoliyati susayadi. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning 
oldingi qismidan ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning faoliyatini 
boshqarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning parchalanishini, gormonlarning 
sintezlanishini, ularning bezdan qonga o‗tishini va bezga yod kelishini 
kuchaytiradi. Gipofiz esa gipotalamus bilan mahkam bog‗langan bo‗lib, ikkalasi 
yaxlit tizimni tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi. 
Binobarin, qalqonsimon bez faoliyatiga nerv tizimi bilan va endokrin tizim 
chambarchas bog‗langan holda, birlashtirib ta‘sir ko‗rsatadi. Miya po‗slog‗i ham 
qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz tizimi orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Buni 
quyidagi misoldan ko‗rishimiz mumkin: qalqonsimon bezning nerv aloqalari 
uzilsa, bu vaqtda asosiy almashinuvni shartli reflektor yo‗l bilan kuchaytirish 
mumkin. Ayni paytda miya po‗stlog‗i gipofizdan tireotrop gormon ajralishini 
kuchaytirish yo‗li bilan qalqonsimon bezga ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo bezning nerv 
aloqasi uzilgandan so‗ng gipofizning po‗stloq bilan aloqasi ham uzilsa, asosiy 
almashinuvni endi shartli reflektor yo‗l bilan kuchaytirib bo‗lmaydi. 
Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya‘ni paratireoid 
bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo‗ladigan bu bezchalar ko‗pchlik sut 
emizuvchi hayvonlarda to‗rtta bo‗ladi. Ular aksar qalqonsimon bez yonidan joy 
oladi-yu, lekin ba‘zi hayvonlarda shu bez to‗qimasi bilan bevosita tutashgan holda 
ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qo‗shimcha bezchalar 
ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va 
asidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan, asitofill 
hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik nerv tizimi 
tolalari bilan ta‘minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham 
oladi. 
Paratireoid bezchalar ishlamay qo‗yganda nimalar ro‗y berishi otlar, itlar 
ustida shu bezchalarni olib tashlab o‗tkazilgan tajribalarda o‗rganildi. Itlarda 
to‗rtala bezlarning hammasi olib tashlansa, ikki-uch sutka o‗tgandan so‗ng itlar 
ishtahasi yo‗qolib, juda qiyinlik bilan yuradigan, bosh va tanasining ayrim 
muskullari tinmay titrab turadigan bo‗lib qoladi. Bu titroq vaqt o‗tishi bilan tobora 


91 
kuchayaveradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan-oyog‗iga tarqalib, 
umumiy talvasaga aylanadi, talvasa tutishi tobora tezlashaveradi va oxirida it halok 
bo‗ladi. 
Paratireoid bezchalar to‗la olib tashlanmasa, hozir aytib o‗tilgan hodisalar 
kamroq darajada namoyon bo‗ladi, ammo shunda ham hayvon ozib ketadi, junlari 
to‗kilib shilliq pardalariga qon quyiladi, meda va ichaklarida uzoq vaqt davomida 
tuzalmaydigan yaralar paydo bo‗ladi. Paratireoid bezchalar olib tashlangandan 
keyin titroq (tetaniya) paydo bo‗lish muddati va nechog‗li namoyon bo‗lish 
darajasi ozuqaga ham bog‗liq. Jumladan, paratireoid bezlari olib tashlangan itlarga 
go‗sht berish titroq paydo bo‗lishini tezlashtirsa, sut va o‗simlik ozuqalarini berish 
tetaniyaning kechroq tutishiga sabab bo‗ladi. Chunki o‗simlik dunyosidan olingan 
ozuqalar va sut tarkibida kalsiy go‗shtdagiga qaraganda ko‗proq, fosfor 
kamroqdir. Paratireoid olib tashlangandan keyin kuzatiladigan kasallik 
belgilarining go‗shtxo‗r hayvonlarda o‗txo‗r hayvonlardagiga qaraganda 
kuchliroq avjiga chiqishiga sabab ham shu. Paratireoid bezlarning hammasini 
butunlay olib tashlash barcha turdagi hayvonlarda ham ertami-kechmi albatta 
o‗limga olib kelishini aytib o‗tish kerak. Bo‗g‗ozlik, laktasiya kabi fiziologik 
jarayonlar paytida organizmning kalsiyga bo‗lgan ehtiyoji oshadi. Demak, 
paratireoid bezlarni shu davrda olib tashlash zo‗r tetaniya tutushiga sabab bo‗ladi. 
Paratgormon yetishmasligidan paydo bo‗ladigan tetaniya yosh hayvonlarda 
voyaga yetgan hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq bo‗lib o‗tadi. 
Organizmga kalsiy to‗planib qolishiga sabab bo‗ladigan moddalar - kalsiy va 
vitamin Dni yetarli miqdorda berib turish tetaniya paydo bo‗lishiga vaqtincha 
to‗sqinlik qiladi. Paratireoid bezchalardan ishlanib, qonga o‗tib turadigan 
paratgormon oqsil modda bo‗lib, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvining 
boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon yetishmaganda qonda kalsiy kamayadi. 
Odatda, organizmda paratgormon suyak to‗qimadan belgili miqdordagi kalsiyning 
qonga chiqib turishini va shu tariqa qondagi kalsiy miqdorining normal darajada 
saqlanishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, paratgormon ichaklardan kalsiyni qonga 
so‗rilishini, buyrak kanalchalarida kalsiy reabsorbsiyasini kuchaytiradi, suyaklarda 
asteoklastlarning ko‗payishini ta‘minlaydi. 
Natijada qonda kalsiy miqdori odatda doimo bir me‘yorda (normada 9-12 
mqr % atrofida) saqlanib turadi. Paratgormon siydik bilan fosfatlar chiqishini 
kuchaytiradi. Paratireoid bezchalar olib tashlanganda yoki ular faoliyati 
buzilganda, paratgormon yetishmay qolishi tufayli qonda kalsiy miqdori kamayib 
7 hafta 5 mqr % ga tushib qoladi. Fosfatlar ko‗payib ketadi. Bu esa, miya 
po‗stlog‗i funksional holatining buzilishiga olib keladi. Orqa miya uzunchoq 
miyaning quyirog‗idan kesib qo‗yilsa, tetaniya hodisalari to‗xtaydi. Paratgormon 


92 
hayvonga ichirilganda uning aksariyat qismi oshqozon-ichak tizimida faolligini 
yo‗qotadi. Shuning uchun ham bu gormonni qonga yuborish yaxshi natija beradi. 
Paratgormon uzoq vaqt davomida organizmga ko‗p miqdorda yuborilsa, yoki 
paratireoid bezlarning funksiyasi kuchayib ketsa, organizmda kalsiy va fosfor 
almashinuvi buziladi. Qonda kalsiy miqdori ko‗payib, muskullarning ish qobiliyati 
pasayadi, organizm tez charchaydigan bo‗lib qoladi. Siydik va axlat bilan kalsiy 
ko‗p chiqariladi. Paratgormon - organizmga paydar-pay ko‗plab yuboriladigan 
bo‗lsa, buyrak faoliyati buzilib, organizm halok bo‗lishi mumkin. 
Paratireoid bezchalar faoliyatining boshqarilishi. Qondagi kalsiy ionlari bez 
to‗qimasiga bevosita faol ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lganidan bu bezchalar 
faoliyatining boshqarilishida qondagi kalsiy miqdorining ahamiyati katta. Qonda 
kalsiy kamayganda, paratireoid bezlar ichki sekretsiyasi kuchayadi, ko‗payganda 
esa susayadi. Paratireoid bezlardan tarkibida kalsiy ionlari bo‗lmagan qon 
o‗tkazilsa (perfuziya), paratgormonning ko‗p ajralishini ko‗ramiz. Demak, qondagi 
kalsiy ionlari miqdori bilan paratgormonning ajralishi o‗rtasida qaytar bog‗lanish 
mavjud. Qondagi kalsiy miqdori ham paratgormon tufayli nisbatan doimo 
o‗zgarmas darajada bo‗ladi. 
Ko‗pchilik umurtqali hayvonlarning buyrak usti bezlari juft organ bo‗lib, 
buyraklarning ustida joylashgandir. Ayrim hayvonlarda bu bezlar buyrakka 
bevosita tutashib tursa, ikkinchi bir xil hayvonlarda buyrakdan bir oz nariroqda 
joylashgan bo‗ladi. Buyrak usti bezlari bir-biridan farq qiladigan ikki qavatdan, 
po‗stloq (interminal to‗qima) qavati va mag‗iz (xromofin to‗qima) qavatidan 
tashkil topgan. Organizmda mag‗iz va po‗stloq qavatlarining hujayralaridan iborat 
mayda bezchalar, ayrim hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo‗shimcha 
holatida ham uchraydi. 
Bu qavatlar o‗zining funksional jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Mag‗iz 
qatlami kalsiy bixromat bilan bo‗lganda sarg‗ish-jigarrang turga bo‗linadi, bu 
qavat hujayralarning xromotin hujayralar deb atalishiga ham sabab shu. Buyrak 
usti bezlari qalqonsimon bezga qaraganda qon bilan kamroq ta‘minlanadi. Har bir 
bezga uchta arteriya qon tomiri keladi. Ular bezning kapsulasiga kapillyarlar to‗rini 
hosil qilib, mag‗iz qavatiga yo‗naladi. Shunday qilib, bezning mag‗iz qavati 
po‗stloq qavatining sekretiga to‗yingan qon bilan taminlanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling