Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari 
1. Bolalarda ayirish organlari qanday tuzilgan? 
2. Siydik ayirish organlari ketma-ketligini izohlab bering? 
3. Bolalar va o‗smirlarda buyraklar qanday tuzilgan? 
4. Nefronlar qanday vazifalarni amalga oshiradi?
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI 
VA YOSH XUSUSIYATLARI 
Odam organizmida uch xil bez bo‗ladi:  
Tashqi syekryetsiya bezlari.Tashqi syekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‗, 
sut, so‗lak (quloq oldi, til osti va jag‗ osti) hamda me`da va ichaklarning shilliq 
qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi.Bularda ishlab chiqariladigan 
suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi.Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya 
bezlari deb ataladi. Ba'zi olimlarning fikricha, jigar ham eng katta tashqi sekretsiya 


83 
bez hisoblanadi, ya'ni ishlab chiqariladigan o‗t suyuqligi ichakka quyiladi va
najas bilan tashqariga chiqariladi. 
Ichki syekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida 
joylashgan bo‗lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki 
muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya 
bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon 
oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. 
Aralash bezlar. Bularning to‗qimasi ikki qismdan iborat bo‗lib, bir 
qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik huddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga 
o‗xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik 
esa huddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga 
chiqariladi. Bularga me`da osti va jinsiy bezlar kiradi. 
Umurtqali hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, 
qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me‘da osti bezining orolcha 
apparati, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, plasenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, 
GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning 
maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki 
sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan 
suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo‗zg‗ataman) deyildi. Gormonlar qonga 
yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilgandan so‗ng, ular bilan organizmning xilma-xil 
organ va to‗qimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki to‗qimalardagi hayotiy 
jarayonlarining belgili tomonlariga ta‘sir qilib, ular faoliyatini o‗zgartiradi. 
Gormonlar ta‘siri uch xil yo‗nalishda amalga oshadi: 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling