Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nafas olish mexanizmi. Nafas olish ko‗krak qafasining eniga, bo‗yiga 
va balandligiga kengayishi hisobiga sodir bo‗ladi. Inspiratsiya paytida 
qovurg‗alararo tashqi tishsimon muskullar qisqarishi natijasida ko‗krak qafasi 
eniga kengayadi. Diafragmaning qorin bo‗shlig‗i tomon tortilib, konus shakliga 
o‗tishi natijasida ko‗krak qafasi bo‗yiga kengayadi. To‗sh suyagining pastga 
tushishi hisobiga ko‗krak qafasi balandligiga tomon kengayadi. Oqibatda 
ko‗krak qafasining ketidan o‗pka ham kengayib, uning ichidagi bosim 
pasayadi. Natijada o‗pkaga havo so‗rib olinadi. 
 
15-rasm Nafas olish chiqarish mehanizmi. 
 
Havo so‗rilishi o‗pkaning batamom kengayib, ichidagi bosim 
atmosfera bosimi bilan teng bo‗lguncha davom
etadi
. Nafas olinayotganda 
ko‗krak qafasining eniga faol kengayishi tufayli, ko‗krak bo‗shlig‗idagi bosim 
sezilarli darajada pasayadi. Masalan, yirik hayvonlarda simob ustuni hisobida 
ko‗krak bo‗shlig‗idagi bosim 30-50 mm.gacha pasayib k
etadi
, natijada 
o‗pkaning kengayishi uchun juda yaxshi imkon tug‗iladi. Ko‗krak qafasining 


79 
kengayishida ishtirok 
etadi
gan qovurg‗alararo tashqi tishsimon muskullarga -
inspirator muskullar deyiladi. 
Nafas chiqarish mexanizmi. Inspiratsiya, ya‘ni havoni o‗pkaga 
so‗rilishi tugashi bilan nafas chiqarish jarayoni - ekspiratsiya boshlanadi. Nafas 
olish tugashi bilan qovurg‗alararo ichki tishsimon muskullar qisqaradi va 
ko‗krak qafasi o‗z og‗irligi va elastikligi tufayli oldingi holatini egallashga 
intilib, siqila boshlaydi. Diafragma ko‗krak bo‗shlig‗i tomon egilib, qavariq 
holatga o‗tadi. Bu holatga qorin bo‗shlig‗idagi organlarning bosishi tufayli 
keladi. Shuning natijasida ko‗krak qafasi va unga ergashib, o‗pka ham toraya 
boshlaydi. To‗sh suyagi esa o‗z vaziyatini egallaydi. Shunday qilib, har 
tomondan ko‗krak qafasining torayishi oqibatida o‗pka torayib, undagi havo 
chiqariladi. Nafas chiqarishda ishtirok 
etadi
gan qovurg‗alararo ichki tishsimon 
muskullarga - ekspirator muskullar deyiladi. 
Hayvonlarda nafas olishning uch turi farq qilinadi:

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling