Va oliy nerv faoliyati
Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar. Nafas
tizimi –nafas yo‗llari, o‗pka, nafas muskullari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlarga ajratiladi. Nafas yo‘llari-odatda yuqori, o‗rta va pastki nafas yo‗llariga ajratiladi. Yuqorigi nafas yo‗llariga burun va tomoq kiradi. Chaqaloqning burni nisbatan kichik bo‗ladi. Yuqorigi va o‗rta burun yo‗llari ancha kalta 1 mm atrofida bo‗ladi. Shu sababdan bola burun orqali nafas olganida havoning o‗tishiga qarshilik yuqori bo‗ladi.Chaqaloqning og‗iz orqali nafas olishi qiyin, chunki til xiqildoq usti tog‗ayini orqaga surib, havo yo‗lini to‗sib qo‗yadi. Go‗dakning tomog‗i ham kichkina va tor bo‗ladi. O‘rta havo yo‘llari- hiqildoq, kekirdak va bronxlardan tashkil topgan. Uch yoshgacha o‗g‗il va qiz bolalarda hiqildoqda farq bo‗lmaydi. To‗rt yoshdan boshlab o‗g‗il bolalar hiqildog‗i tez o‗sa boshlaydi. O‗n yoshga borib o‗g‗il bolalar ovozi ham o‗zgarishga uchray boshlaydi. Bola tug‗ilganida uning o‗pkasi ancha nozik bo‗ladi. Chaqaloq o‗pkasida hammasi bo‗lib, 20 million pufakchalar (alveolalar) uchraydi. Bu pufakchalar tashqaridan kirgan xavoni o‗zida saqlab turishda xizmat qiladi. Bola hayotining birinchi uch oyi davomida o‗pkasi og‗irligi ikki marta -50 g.dan 95 g gacha ortadi. Sakkiz yashar bolaning o‗pkasi og‗irligi chaqaloqnikidan 8 marta, 12 yoshar bolaniki 10 marta, kattalarniki esa 20 marta ko‗p. Bolalar va o‗smirlarda nafas olish va chiqarish jarayonini –uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi tartibga solib, boshqarib boradi. Uzunchoq miyada nafas olishni ta‘minlab turadigan ko‗plab neyronlar bo‗lib, bu neyronlar avtomatik tarzda ishlaydi. Nafas olish va chiqarish jarayonida ko‗krak qafasi muskullari, diafragma muskullari( diafragma odamning ko‗krak va qorin bo‗shlig‗ini ajratib turuvchi parda), tashqi va ichki qovurg‗alararo muskullar ishtirok etadi. Bola nafas olganida ko‗krak qafasi bir oz yuqoriga ko‗tariladi, o‗pkaga xavo kiradi,tashqi qovurg‗alararo muskullar va diafragma muskullari qisqaradi ya‘ni nafas olish yuzaga keladi. Nafas chiqarilganida ko‗krak qafasi kichrayadi, o‗pkadagi xavo ichki qovurg‗alararo muskullar va qorin muskullari faoliyati natijasida tashqariga katta bosim ostida siqib chiqarib yuboriladi. Demak,bolada nafas olish va chiqarish jarayonlari ana shu tariqa amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling