Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Xolera (vabo). Bu kasallikni qo‗zgatuvchi mikroblar (vibrion) ham 
aynigan ovqat, ayniqsa ariq, quduq, hovuzning ifloslangan suvidan, bemorning 
idish tovoqlaridan, qo‗lidan yuqadi. 
Belgilari: 
bemorning 
ichi 
ketadi, 
qusadi, 
qornida-og‗riq, 
g‗ijimlanish, g‗uldirash paydo bo‗ladi, holsizlanadi, rangi oqaradi. 
Ich burug‗i (dizenteriya). Bu kasallik mikroblari ham ovqatdan, suvdan, 
bemorning idish-tovoqlaridan yuqadi. Bemorning qornida og‗riq bo‗ladi, ichi 
ketishi-tezlashadi (sutkada 10—50 martagacha) kuchanadi. Bu 
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilarini tarqatishda pashsha muhim rol o‗ynaydi.
Bitta pashsha tanasida 6 million, ichagida esa 28 millionga yaqin har xil 
kasal qo‗zg‗atuvchi mikroblar borligi aniqlangan. 
Yuqorida bolalar va o‗smirlar o‗rtasida eng ko‗p uchraydigan o‗tkir 
oshqozon-ichak kasalliklari to‗g‗risida qisqacha tushuncha berildi. Bu 
kasalliklarning boshqa turlarini yuqish yo‗llari, belgilari ham yuqoridagilarga 
o‗xshashdir. O‗tkir oshqozon-ichak kasalliklari yuzaga kelgan zamonoq 
vrachga murojaat qilish kerak. Bemor albatta shifoxonaga yotqizilib 
davolanmog‗i lozim. Bemorning kiyim-kechaklari, idish-tovoqlari maxsus 
dorilar va qaynatish usullari bilan zararsizlantiriladi. Bemor bilan birga 
ovqatlangan kishilarning axlati laboratoryyada analizdan o‗tkaziladi, ularda 
kasallikning oldini olish uchun maxsus dorilar (bakteriofag) ichiriladi. 
Agar bemorda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilsa (qusish, ich 
ketish, qorinda og‗riq va h.k) vrachni yetib kelishi yoki bemorni 
shifoxonaga olib borish uchun 1—2 soat vaqt talab qilinadigan bo‗lsa, vaqtli 
o‗tkazmasdan tezlik bilan toza suv qaynagan suvni sovitib, mineral suv, bir oz 
soda aralashtirib oshqozonni yuvish kerak. Yuvish 3—4 marta takrorlanadi, to 
oshqozondan yashaydigan yuvindi suvda ovqat qoldiqlari qolmagunicha, so‗ng 
issiq shirin choy, mineral suv ichiriladi, oyoq-qo‗llari isitiladi. 
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish. Bu, eng avvalo, har-bir 
o‗quvchi tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishdan iborat. 
Eskirgan ovqatlarni, limonad, muzqaymoq, pirojniy, kolbasa, baliq, konserva 
kabilarni iste‘mol qilmaslik. Qozonda qolgan ovqatni muzlatkichda saqlash va 


73 
iste‘mol qilishdan oldin albatta uni qaynatib olish, kolbasa va konservani ham 
qaynoq suvda qaynatish zarur. 
Idish-tovoqlar soda yoki gorchisa aralashtirilgan qaynoq suvda 
yuvilib, so‗ng toza suvda chayqatiladi. Boshqalar bilan qo‗l berib 
so‗rashganda, avtobus, mashina, tranvay eshiklarini ushlaganda ovqatlanishdan 
oldin ham albatta qo‗lni sovunlab yuvish, har bir madaniyatli kishining shaxsiy 
gigiyena qoidalariga amal qilishdagi burchi hisoblanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling