Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salmonellez
zaharlanish,
uning sabablari, belgilari va oldini olish choralari. Oshqozon-ichak kasalliklari xalq o‗rtasida, ayniqsa bolalar va o‗smirlar o‗rtasida tarqalishi jihatidan gripp va nafas yo‗llarining shamollashi kasalliklari hamda bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, suv chechak, tepkidan) keyingi o‗rinni egallaydi. O‗tkir oshqozon-ichak kasalliklari ularni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar (bakteriya va viruslar) turiga, biologik xususiyatiga ko‗ra bir necha turga bo‗linadi. Shulardan bolalar o‗rtasida eng ko‗p uchraydiganlari, eng xavflisi ovqatdan zaharlanish. Botulizm, ich burug‗i, xolera (vabo), qorin tifi, paratif «A» va «B» kabilardir. Salmonellez yoki ovqatdan zaharlanish kasalligi ayniqsa, buzilgan, eskirib qolgan ovqatlarni, limonad, muzqaymoq, pirojniy, somsa, pirojki, shashlik, kolbasa, baliq kabilarni iste‘mol qilish natijasida yuzaga keladi. Ovqatni iste‘mol qilgandan 2 soat va ba‘zida yarim-bir kun o‗tgandan keyin qorinda og‗riq paydo bo‗ladi ko‗ngli ayniydi, ketma-ket qusa boshlaydi. Og‗ir formalarida tana harorati 40° va undan ham ko‗tariladi, qaltiraydi, rangi oqaradi, qo‗l-oyoqlari qaqshab og‗riydi, ba‘zida hushini yo‗qotadi. Batulizm — bu ham ovqatdan zaharlanish natijasida yuzaga keladigan kasallik, ko‗pincha konserva qilingan, baliq, zamburug‗, karam, bodring, pomidor kabilarni iste‘mol qilish natijasida yuzaga keladi. Chunki konserva bankasi ichiga havosiz sharoitda ko‗payadigan mikroblar kirib qolib ular banka ichida ko‗payadi, o‗zidan zaharli modda ishlab chiqaradi. Natijada bu konservani iste‘mol qilish organizmni zaharlashga olib keladi. Bu mikroblar uzoq saqlangan sho‗r baliq, kolbasa, qazida ham bo‗lishi mumkin: Bu mikroblar o‗zidan gaz ishlab chiqaradi. Shuning uchun zaharlangan konserva bankasini qopqog‗i shishib (burtib) turadi, kolbasa, 72 qazi ham ishganday, ichida havosi bordek seziladi. Agar shu belgiga e‘tibor berilsa bunday taomdan voz kechmoq kerak. Batulizm kasalligini xarakterli belgilari, ovqat iste‘mol qilingandan 2 soat o‗tgandan so‗ng, ba‘zida Hatto 10 kundan keyin qorinda og‗riq, ko‗ngil aynish, qusish paydo bo‗ladi. Ich suyuqlashadi, lekin ko‗p ketmaydi,, qorni dam bo‗ladi, og‗zi qurishadi, ovozi bug‗iladi, ko‗zlarini qovog‗i osilib qoladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling