Va oliy nerv faoliyati
Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar 1. Hazm a‘zolarining tuzilishi to‗g‗risida gapirib bering?. 2. Hazm qilishga yordam beruvchi ferment (so‗lak bezlai) lardan qaysilarini bilasiz ?. 3. Halqum, qizilo‗ngach, meda va ichaklar qanday tuzilishga ega ?. 4. Turli hil ovqatlarning medada hazm bo‗lish vaqti nimaga bog‗liq ?. 5. Termoregulyatsiya xillarini sanang? 6. Qaysi organlarda harorat yuqori bo‗ladi? 7. Organizm harorati qanday boshqariladi? 8. Odamlarning tana harorati nechaga teng? 9. Odamlarda tana haroratini aniqlash usullari? NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI. BOLALAR VA O‘SMIRLARDA NAFAS OLISH ORGANLARINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI Nafasning ahamiyati. Nafas olish – bu organizm va uni o‗rab turuvchi atrof-muhit orasidagi gazlarning tinimsiz almashinuvidir. Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof- muhitdan tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda sitoplazma tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan ajraladigan uglerod va vodorod bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi kerak bo‗lgan o‗zgarishlarning oxirgi mahsulotlari – karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan kislorodning katta miqdorini o‗zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra sitoplazmasi tarkibiga kiradi. Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo‗lgan energiyani ajratuvchi biokimyoviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta‘min etadi . Shu sababli uning to‗qimalarini kislorod bilan yetarlicha ta‘minlamasdan organizm hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Hayvon qanchalik murakkab darajada tuzilishga ega bo‗lsa, u kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, 74 ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari to‗xtashi bilan bir necha daqiqa ichida o‗ladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling