Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ovqat ratsionini tuzish. Yasli yoshidagi bolalarning kunlik ovqatida
mol, qo‗y, buzoq, parranda go‗shtlari, baliq, kalla–pocha, o‗simlik yog‗lari, yormalar, dukkaklilar doni, sabzavotlar (karam, sabzi, sholg‗om va boshqalar), meva – chevalar, yong‗oq, ko‗katlar tegishli miqdorda bo‗lishi kerak. Yana haftada bir – ikki marta ular ovqatiga ozroq sarimsoq qo‗shib berish kerak (uning bakterisidlik va yallig‗lanishga qarshilik ko‗rsatuvchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda). ( A) (B) 13-rasm. A) 1-3 yoshli bolalarning, B) 3-6 yoshli bolalarning bog‗chada ovqatlanishi. Bolaning kunlik ovqatiga me‘da – ichak tizimi harakat faoliyatini kuchaytirish uchun oziq tolalariga boy mahsulotlardan (u ko‗pincha qora non, po‗sti olinmagan olma, sabzi, karam, sholg‗om, ko‗katlarda mo‗l bo‗ladi) ham tegishli o‗rin berish kerak. Ular iloji boricha har kuni meva – chevalardan, qish kunlarida shu yoshdagi bolalar uchun mo‗ljallangan meva sharbatlaridan, konservalaridan tanovvul qilib turishlari lozim. Bunday ovqatlanish ular vujudining kerakli vitaminlar, mineral moddalar hamda biologik faol moddalar bilan ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi (13-rasm A va B). O‗quvchilar iste‘mol qilinadigan oson hazm bo‗ladigan shakar, konfet, shokolad kabilar ko‗pi bilan, umumiy uglevodlar miqdorining 20% dan oshmasligi kerak, aks holda bunday uglevodlar tanada yog‗qa aylanib, semirish alomatlari va u bilan bog‗liq asoratlar yuzaga keladi. O‗quvchi yoshlar ovqatlanishida vitaminlar va mineral moddalarga ham alohida e‘tibor berish kerak. Chunki yosh vujudning o‗sishi, ulg‗ayishi va har tomonlama to‗liq shakllanishi uchun ular juda zarur . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling