Va oliy nerv faoliyati


Ko‘krak - qovurg‘a bilan nafas olish


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

1. Ko‘krak - qovurg‘a bilan nafas olish.
2. Qorin - diafragma bilan nafas olish.
3. Ko‘krak - qorin bilan, yoki aralash nafas olish.
Ishning bajarilishi. Qurilma shisha idishdan iborat bo‗lib uning tagi 
aylana qilib kesilgan va rezina parda bilan o‗rab yopilgan, bu yesa diafragma 
vazifasini o‗taydi. Shisha idish og‗zi po‗kak bilan mahkamlangan va po‗kak 
orqali idish ichiga ikkita shisha nay o‗tkazilgan. Shisha idish ichidagi o‗ng 
tomonda joylashgan nayning uchiga baqaning o‗pkasi yoki yasama rezina 
o‗pka kanyula orqali mahkamlangan. Chap tomondagi nay qisqich bilan 
berkitiladi va o‗ng tarafdagi nay ochiq holda turadi. Rezina diafragma parda 
pastga tortilib, o‗pka hajmining kengayishi kuzatiladi.
A B C 
 
15-Rasm. A-Suvli spirometr. B, C- Zamonaviy havo spirometrlari.
Rezina diafragma pardani ichkariga bosganda o‗pka hajmining 
kichrayganligi kuzatiladi. Yana qaytadan diafragma pardani tortib, uni qo‗yib 


80 
yubormasdan qisqich ochib yuboriladi. Bunday holda idishning ichiga havo 
kiradi va o‗pka bujmayib qoladi. Naylar ochiq holida (ochiq pnevmotoraks) 
diafragmani ko‗tarib tushirish bilan nafas olish va chiqarish mumkin 
emasligiga ishonch hosil qilamiz. 
Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar
1. Nafas deb nimaga aytiladi?
2. Nafas olish mexanizmini tushuntiring? 
3. Nafas chiqarish mexanizmini tushuntiring? 
4. Qovurg‗alararo tashqi va ichki tishsimon muskallar faoliyatini 
tushuntiring? 
5. Nafas olish tezligi va tiplarini ayting. 
 
BOLALAR VA O‘SMIRLARDA BUYRAKLAR FAOLIYATINING 
XUSUSIYATLARI.
Ayirish organlarining tuzilishi va xususiyatlari. Ovqat tarkibida iste‘mol
qilingan oqsil, yog‗, uglevodlar, suv, tuzlar oshqozon-ichaklardan qonga 
so‗rilib, jigarga boradi. U yerda keraksiz zaharli moddalardan tozalanib, yana
qon orqali tananing barcha to‗qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda bu
moddalar o‗z navbatida ma‘lum tarkibiy qismlarga parchalanadi. Bu jarayonlar 
natijasida organizm uchun zaharli bo‗lgan moddalar –siydik kislotasi, azot
qoldig‗i, mochevina, karbonat angidrid kabilar hosil bo‗ladi. Bu zaharli
moddalar hujayralardan qonga o‗tib, ayirish organlari orqali organizmdan
chiqarib yuboriladi. Ayirish a‘zolariga: buyraklar, teri, o‗pkalar va hazm
organlari kiradi. Gazsimon moddalar (CO
2
) nafas olish organlari orqali
tashqariga ajratiladi. Hazm organlari orqali esa, qoldiq oziq moddalar tashqi 
muhitga ajratib yuboriladi. Organizm uchun o‗ta havfli hisoblangan siydik
kislota, qoldiq azot, ba‘zi tuzlar suvda erigan xolda buyraklar orqali siydik
tarkibida tashqariga ajratiladi. Suv va tuzlarning bir qismi teri orqali ham
tashqariga ajratiladi. Shunday qilib, ayirish –odam organizmi uchun o‗ta
muhim fiziologik jarayon bo‗lib, uning natijasida organizm moddalar
almashinuvidan hosil bo‗lgan qoldiq, zaharli moddalardan uzluksiz ravishda
tozalanib turadi.  

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling