Va oliy nerv faoliyati
O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval Bolalar va o‘smirlar ovqatining sutkalik kaloriyasi (M. V. Andropov).
O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi. Kunlik ovqatlanish tartibi,
o‗quvchi kun tartibining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, ma‘lum tartib bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon-ichaklarni normal ishlashi, ishtahaning yaxshi bo‗lishini ta‘minlasa, ikkinchidan, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, ya‘ni bolalarni har kuni ma‘lum belgilangan vaqtda ovqatlanishi, ularni intizomli bo‗lib tarbiyalanishining muhim omilidir. 3-jadval Bolalar va o‘smirlarning oqsil yog‘, uglevodlar miqdoriga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji № Oziq moddalar (gramm hisobida) Bolalar yoshi 7-10 11-14 15-18 1 Oqsil 78 98 119 2 Yog‗ 81 86 99 3 Uglevodlar 297 424 471 4 Sutkalik umumiy kaloriya (kkal.) 2291 2940 3340 67 4-jadval Bolalar va o‘smirlar ovqatining sutkalik kaloriyasi (M. V. Andropov). № Bolaning yoshi Sutkalik kaloriya 1 1-2 yosh 1500 kkal 2 3-4 yosh 1800 kkal 3 5-6 yosh 2000 kkal 4 7-10 yosh 2400 kkal 5 11-13 yosh 2850 kkal 6 O‗spirin qizlar 2750 kkal 7 O‗spirin yigitlar 3150 kkal Ovqat moddalarining oshqozon-ichaklarda parchalanib hazm bo‗lishi uchun 3,5—4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun har 3,5—4 soatdan keyin tartib asosida ovqatlanish tavsiya etiladi. Maktabning birinchi smenasida o‗qiydigan o‗quvchilar uchun ovqatlanish tartib quyidagicha bo‗lishi mumkin: — nonushta — soat 7 30 — 8 00 da. Nonushtada iste‘mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarur bo‗lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak. —ikkinchi nonushta — soat 11 00 —11 30 da, maktab bufetida, sutkalik ovqat kaloriyasining 10—15% ni tashkil qiladi; —tushki ovqat — soat 15—15-30 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi. —kechki ovqat — soat 19 00 —19 30 da, sutkalik ovqat kaloriyaqining 20— 25% ni tashkil qiladi. — ikkinchi smenada o‗qiydigan o‗quvchilar uchun ovqatlanish tartibi quyidagicha: — nonushta — soat 8 00 da, sutkalik ovqatning 25% kaloriyasiga teng bo‗lishi kerak; — tushki ovqat — soat 12 00 —12 30 da, sutkalik ovqatning 40% kaloriyasiga teng bo‗lishi kerak; —kech tushki ovqat—15 00 —15 30 da, maktab bufetida, sutkalik ovqatning 10—15% iga teng; —kechki ovqat — 19 00 —19 30 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 20—25% ga teng bo‗lishi kerak, 68 O‗quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab oshxonasi va bufetlarining yaxshi ishlashi muhim ahamiyatga ega. Birinchi smenada o‗qiydigan o‗quvchilar uchun maktab oshxonasi — bufetida issiq; ovqatlar soat 11 00 —11 30 da, ya‘ni katta tanaffus paytiga, ikkinchi smena o‗quvchilari uchun esa soat 15 00 —15 30 da tayyor bo‗lishi kerak. Maktab oshxonasi — bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang‗ich sinf o‗quvchilari uchun 250—350 kkal dan; o‗rta va yuqori sinf o‗quvchilari uchun — 350—450 kkal dan kam bo‗lmasligi talab qilinadi. Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni almashtirib turilishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog‗, uglevodlar, vitaminlar bo‗lishi kerak. Masalan; go‗shtli, karamli, kartoshkali, oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupadan qilingan sutli bo‗tqa, mastava, shovla, kotlet, issiq sut; choy, non, bulochka kabilar. Shuni ta‘kidlash kerakki, bolalar shirinlikka o‗ch bo‗ladi, ular uyidan maktabda ovqatlanish uchun olib kelgan pulini shirinliklarga sarflab, issiq ovqat iste‘mol qilmasligi mumkin. Shirinliklar tarkibida esa bola organizmi uchun zarur oqsil, yog‗, vitaminlar, mineral tuzlar bo‗lmaydi. Shuning uchun maktab bufetida shirinlik (konfet, pechenye, praynik, pirojnoye, limonad) lar sotilmaganliga ma‘qul. Mamlakatimizda bolalar va o‗smirlarning sog‗lom bo‗lishi, jismoniy baquvvat o‗sishi va rivojlanishi normal bo‗lishini ta‘minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shuning uchun ovqat yoki vitaminlar yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar umuman uchramaydi. Ba‘zi bolalar va o‗smirlarni nisbatan ozg‗in bo‗lishi ovqatni yetishmasligidan emas, balki ovqatlannsh tartibining noto‗g‗ri tashkil qilinishi, yuqorida aytib o‗tilganidek, shirinlikni haddan tashqari ko‗p iste‘mol qilish tufayli ishtahaning bo‗g‗ilishi yoki organizmda yashirin holda davom etadi gan surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo‗lishi bilan bog‗liqdir. Bunday ozg‗in bolalarni albatta meditsina tekshiruvidan o‗tkazish, ovqat tartibini to‗g‗ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, keyingi yillarda semirgan bolalar va o‗smirlar soni ko‗payib bormoqda. Buning sababi birinchidan ovqatni ayniqsa yog‗li, shirinli, xamir ovqatlarni ko‗proq iste‘mol qilish, ikkinchidan — harakatlanish, jismoniy mashg‗ulotlar bilan kam shug‗ullanishdir. Ko‗pchilik ota-onalar bolani ayniqsa bir yoshgacha, qolaversa 3—4 yoshgacha jismoniy rivojlanishi bilan muntazam ravishda qiziqib boradilar-u, lekin maktab, yoshida butunlay bu masalaga e‘tibor bermay qo‗yadilar. Albatta bunday qilish yaramaydi. Ayniqsa balog‗atga yetish 69 davrigacha (14—15 yoshgacha) bolalar va o‗smirlar sog‗ligi, ularning jismoniy rivojlanishi ota-ona, qolaversa tarbiyachi va o‗qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Bola tana vaznining normal bo‗lishi uning ish qobiliyatiga va nihoyat fanlarni o‗zlashtirish qobiliyatiga ta‘sir ko‗rsatmasdan iloji yo‗q. Turli yoshdagi bolalar va o‗smirlarning tana vazni, bo‗y uzunligi normada qanday bo‗lishi kitobni bolalar va o‗smirlar sog‗ligi va jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichlari bobidagi maxsus jadvalda ko‗rsatilgan edi. Agar bola yoki o‗smirning tana vazni mazkur jadvalda ko‗rsatilganga nisbatan, 15-—20% ga oshgan bo‗lsa, - semirishning 1 darajasi, 20—50% ga oshgan bo‗lsa – II darajasi, 50—60% dan ko‗proqqa oshgan bo‗lsa - III darajasi, 100% dan ko‗pga oshgan bo‗lsa – IV darajasi bo‗lib hisoblanadi, ayniqsa, uning II—III—IV- darajalari kasallik hisoblanadi. Bunday bolalarni arterial qon bosimi ko‗tariladi, yurak ishi qiyinlashadi, diabet kasaliga beriluvchan bo‗ladi, boshi og‗riydi, tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi, darsda ko‗pincha uyqu bosadi o‗zlashtirishi pasayadi. Nerv sistemasining funksional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar o‗z tengdoshlari oldida o‗zlarini noqulay sezadilar, shuning uchun ham chekadilar, o‗ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik, ularni chuqur qayg‗urishiga sabab bo‗ladi. Semirishning asosiy sababi, yuqorida aytilganidek ovqatni ko‗p iste‘mol qilish, ayniqsa, yog‗li, xamir ovqatlar shirinliklarni me‘yoridan ortiqcha iste‘mol qilishdir. Ota-ona, tarbiyachi va o‗qituvchilar bolalarning ovqat tartibini doimo nazorat qilib turishlari kerak. Semirishning oldini olishda jismoniy tarbiya, sport, muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga ega. Ertalabki 15—20 minutlik qilingan gimnastika faqatgina 25—30 kilokaloriya energiya sarflanishiga imkon beradi, xolos. Bu energiyani o‗rni esa 2—3 chaqmoq qand iste‘mol qilish bilan qoplanadi. Sog‗lom bo‗lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2—3 soat o‗rtacha tezlikda piyoda yurmog‗i lozim. Shunda uning organizmi 600—800 kilokaloriya energiya sarflaydi. Hujayra va to‗qimalar qancha jismoniy harakat bajarsa ulardagi zapas, to‗planib yotgan energiya shuncha sarflanadi, ularning tarkibiy qismi o‗rniga yangi — yosh tarkibiy qism paydo bo‗ladi, oqibatda, hujayralar yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va o‗smirlarning sog‗lom baquvvat o‗sib - ulg‗ayishi, ish qobiliyatining unumdorligi ko‗p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gigiyenik talabga 70 muvofiq tashkil qilinishiga bog‗liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va o‗qituvchilar bolalarga ko‗makdosh bo‗lmoqlari lozim. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling