Va oliy nerv faoliyati
Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatning kundalik normasi.
Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati. Ovqatlanish organizmning
normal yashashi va ish bajarishi uchun zarur fiziologik xususiyat. Bolalar va o‗smirlar uchun esa ular organizmining normal o‗sishi va rivojlanishi uchun ham zarurdir. Ovqatlanish organizmda uzluksiz davom etadi gan moddalar va energiya almashinuvining fiziologik asosidir. Moddalar va energiya almashinuvi esa tiriklikning asosiy xususiyatidir. Demak, ovqat uzluksiz iste‘mol qilinmasa va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan tashlandiq moddalar organizmdan tashqariga chiqarib turilmasa tirik organizmning hayot kechirishi, o‗sishi, rivojlanishi va ish bajarishi mumkin emas. Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, ovqatlanish, ya‘ni ovqat sifatida iste‘mol qilinadigan oziq moddalar organizmda ikki xildagi fiziologik vazifani bajaradi: - birinchidan, oziq moddalar energiya manbai bo‗lib, ya‘ni organizmda moddalar almashinuvi natijasida parchalanib o‗zidan energiya ajratadi, bu energiya esa hujayra, to‗qima, organlarning yashashi, harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi; - ikkinchidan, oziq moddalar hujayralar tarkibiy qismini yangilanib turishi, ko‗payishi, o‗sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Ovqatning kundalik normasi. Ovqatning kundalik normasi yoki uning kaloriyasi bolaning yoshiga, sog‗lig‗iga, jismoniy taraqqiyotiga, bajaradigan mehnatiga, iqlim-sharoitga qarab o‗zgaradi. Organizmning hamma hujayra, to‗qima, organlari normal yashashi, o‗z funksiyasini bajarishi, bolalarda esa ularning o‗sishi va rivojlanishi uchun ma‘lum miqdorda issiqlik energiyasi (kaloriya) talab qilinadi. Bu energiya ovqat tarkibida iste‘mol qilingan oqsil, yog‗ va uglevodlarning organizmda kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi. Oqsil moddasining 1 g oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib 4,1 kkaloriya issiqlik energiya hosil bo‗ladi; 1 gramm yor oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib, 9,3 kkal 1 g uglevod oksidlanganda esa 0,8 litr kislorod sarflanib 4,1 kkal energiya hosil bo‗ladi. Ertalab nahorda, qimirlamasdan tinch yotgan holda tashqi muhitning harorati 20—22°C bo‗lganda organizmning normal hayotini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan hujayra, to‗qima, organlarning normal ishlashi uchun katta kishining har 1 kg tana vazniga 1 soatda 1 kkal issiqlik energiyasi kerak bo‗ladi. 66 70 kg vaznga ega bo‗lgan odam 1 sutkada qimirlamasdan yotganda uning normal hayotini saqlab turish uchun 1680 kkal energiya sarflanadi. Shunga organizmning asosiy moddalar almashinuvi deyiladi. Kishi ish bajarganda asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyadan tashqari ishning og‗ir yengilligiga qarab yana ma‘lum miqdorda qo‗shimcha energiya sarflanadi. Ish bajarganda sarflangan energiya miqdorining hammasiga (asosiy va qo‗shimcha) umumiy moddalar almashinuvi deyiladi. Masalan: kishi o‗rtacha tezlik bilan yurganida asosiy moddalar almashinuviga sarflangan energiyaga nisbatan 2 marta, yugurganida 4 marta ko‗proq energiya talab qilinadi. Shuning uchun kundalik ovqatning kaloriyasi, ya‘ni uning tarkibidagi, oqsil, yog‗, uglevodlarning miqdori avvalo o‗quvchilarning bajaradigan mehnatiga qarab o‗zgaradi. Aqliy mehnatda kamroq, jismoniy tarbiya, mehnat darsi, sport mashqlari, tajriba uchastkasida, qishloq xo‗jalik ishlarida esa ko‗payishi kerak, havoning issiq fasliga nisbatan sovuq faslida moddalar almashinuvi kuchayadi, shuning uchun kundalik ovqat kaloriyasi ham ko‗proq talab qilinadi. Maktab yoshidagi bolalar va o‗smirlar uchun kundalik ovqat tarkibidagi oqsil, yog‗, uglevodlarning o‗rtacha miqdori quyidagicha bo‗lishi mumkin. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling