Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Qalqonsimon 
bez 
barcha 
umurtqali 
hayvonlarda 
bo‗ladi. 
Sut 
emuzuvchilarning bo‗yni sohasida, qalqonsimon tog‗ayning ikki yonida joylashgan 
bo‗lib, shaklan qalqonga o‗xshab ketadi. Bu bez o‗zaro tutashgan ikki 
bo‗lakchadan iborat. Qalqonsimon bezning hajmi har xil turdagi hayvonlarda 
turlicha bo‗lib, bir turdagi hayvonlarda ham bir muncha farq qiladi. Uning kattaligi 


87 
hayvonning yoshi, jinsi, organizmning holati, yilning fasli va bir qator omillarga 
bog‗liq. Jumladan, sersut qoramollarda bu bez og‗irligi 23-41, go‗shtdor 
shoxlilarda esa 21-36, cho‗chqalarda 12-30, arxarlarda 20-35, qo‗ylarda 4-7 
grammni tashkil qiladi. 
Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta‘minlanib turadi. Masalan, itlar 
organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali bir kunda 16 marta 
aylanib, oqib o‗tishi mumkin. 
Bezning parenximasi va stromasi bo‗ladi. Parenximasi o‗ziga xos 
pufakchalardan, ya‘ni follikulalardan tashkil topgan. Bu pufakchalarning devori 
sekretor epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus kolloid 
modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalarning ichi o‗sha kolloid moddalar 
bilan to‗la turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so‗ng qon va limfaga o‗tadi. 
Follikulalarning orasida biriktiruvchi to‗qima bo‗lib, u bezning stromasini tashkil 
qiladi. 
Qalqonsimon bezning asosiy gormoni tiroksindir. Tiroksin tarkibida yod bor. 
Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga o‗zi bilan kiradigan yodning 
asosiy qismi qonga so‗rilgandan keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez 
hujayralari uni ushlab qoladi. Bu yerda anorganik yod sitoxromoksidaza va 
peroksidaza fermentlarining ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. 
So‗ngra taxminan ikki soat davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi. 
Oqibatda 
monoyodtirozin 
va 
diyodtirozin 
molekulalari 
hosil 
buladi. 
Tetrayodtirozin tiroksin gormonining o‗zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar 
bezning follikulalarida oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma 
molekulalarini hosil qiladi.
Tireoglobulin murrakkab glyukoproteindir. Uning molekulasida 10 ta 
polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan aminokislotalardan tashqari glyukoza, 
laktoza, mannoza ham saqlanadi. Tireoglobulin follikulalarning ichidagi kolloidda 
yig‗iladi, ayni vaqtda uning ma‘lum qismi parchalanib ham turadi. Shunda 
triyodtirozin va tetrayodtirozin - tiroksin hosil bo‗lib, qonga so‗riladi. Ular qondagi 
oqsillar bilan birikadi va tegishli to‗qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi 
vaqtlarda olingan ma‘lumotlarga qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin 
to‗qimalarda 
oksidlanib, 
dezaminlanadi. 
Oqibatda 
triyodtiroasetat 
va 
triyodtiropropinant kislotalar hosil bo‗ladi. Bular tiroksin va triyodtironinga 
qaraganda 80-300 baravar faolroqdir. 
Tiroksin va triyodtironin to‗qimalarda shu birikmalar holida ta‘sir qiladi deb 
hisoblanadi. 


88 
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o‗sishi, rivojlanishida, unda 
oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Bu 
gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar faoliyatiga 
ta‘sir ko‗rsatadi. Qalqosimon bezda hosil bo‗ladigan tiroksin, triyodtironin va 
triyodteroasetat kislota va boshqa ba‘zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, 
oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning mitoxondriyasidagi 
oksidlanish jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu 
gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril guruhlarga 
aylantirib, ularni faollashtiradi. Organizmda qalqonsimon gormonlari yetishmay 
qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv 
ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo‗ladi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. 
Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg‗ochi hayvonlarda 
ovulyasiya va urug‗lanish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion 
bo‗g‗ozlikning boshidayoq halok bo‗ladi. 
Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya katta 
ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari etishmaganida (gipofunksiyasida) 
yosh hayvonlar o‗sishdan, rivojlanishdan qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi. 
Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz) kretinizm 
kasalligini paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Bu paytda bo‗y o‗smaydi, uning og‗zi 
doimo ochiq bo‗lib, tili chiqib turadi. Chunki til haddan tashqari o‗sib ketib 
og‗izga sig‗may qoladi.
Voyaga yetmagan hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha 
ishlamasa, ―Miksedema‖ kasalligi paydo bo‗ladi. Bu vaqtda asosiy almashinuv 
pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, osmotik bosim oshib ketadi, to‗qimalarda 
suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo bo‗ladi. Organizmda yod kamchiligi 
paytida buqoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez to‗qimasining yetarlicha 
ishlamayotganligi tufayli u gipertrofiyalanib, katta bo‗lib ketadi, follikulalari 
ko‗payadi, ammo, ajralayotgan gormonlarning miqdori kam bo‗ladi.
Chunki ularning sintezlanishi uchun yod yetishmaydi. Infitireoid, ya‘ni 
qalqonsimon bez gormonlarining faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular 
qatoriga 
tiomochevina, 
tionrasil, 
metiltionrasil 
va 
qalqonsimon 
bezda 
gormonlarning hosil bo‗lishini tormozlaydigan ko‗pchilik sulfanilamid preparatlar 
kiradi. Ular anorganik yod molekulalarini yodgacha oksidlovchi, tirozining 
yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida ishtirok etadigan 
fermentlarning faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta‘sir qilganda organizmda
xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan o‗zgarishlar ro‗y beradi. 
Ammo bu moddalar qonda mavjud bo‗lgan va tashqaridan yuboriladigan 
gormonlarga ta‘sir qilmaydi.


89 
Tireoid gormonlar organizmga yuborilganda oqsillar, yog‗lar va uglevodlar 
tez parchalanib, ko‗p sarf bo‗ladi. Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan 
mochevina hisobiga ko‗payadi. Manfiy azot muvozanati kuzatiladi. Jamg‗arilgan 
yog‗ ko‗p miqdorda kamaya boradi. Tiroksin yuborilganda, yog‗ depolaridagi 
yog‗ning miqdori 70% gacha kamayib ketadi, qonda xolesterin ozayadi. Jigar va 
muskullardagi glikogenning parchalanishi tezlashib, qonda qand miqdori bir oz 
ko‗payadi. Oqibatda organizmning fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez 
ko‗payadi. Ma‘lum me‘yorda tiroksin yuborib turish sut beruvchi hayvonlarning 
sut mahsuldorligini, sutning yog‗liligini oshiradi. Tovuqlar patining o‗sishini 
yaxshilaydi, tuxum ko‗payadi. 
O‗sayotgan bolalar tishining normal o‗sib chiqishi, to‗qimalarning 
regenerasiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga bog‗liq. Bu 
gormonlarning markaziy nerv tizimining funksional holatiga ta‘sir qilishi diqqatga 
sazovordir. 
Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin yuborilib turgan hayvonlar 
qo‗zg‗aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan bo‗lib 
qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli reflekslarning hosil 
bo‗lishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya po‗stlog‗idagi qo‗zg‗alish jarayonlari 
pasaytirilsa, organizmga tiroksin yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu 
tireoid gormonlar miya po‗stlog‗i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini 
ko‗rsatadi. Tiroksin bosh miya retikulyar formasiyasida to‗planadi degan 
ma‘lumotlar bor. Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, 
uni qonga yuborgan paytdagidan ko‗proq kuchayadi. Normada qalqonsimon bez 
faoliyatining kuchayishi, ya‘ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning bo‗g‗ozlik, 
laktasiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning giperfunksiyasi buyrak usti 
bezining faolligini bir muncha tormozlaydi. Fiziologik gipofunksiya (bez 
faoliyatining normadan pasayishi), qishda uyquga kiradigan hayvonlarda ularning 
qishki uxlash vaqtida kuzatiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling