Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari 
1.Odamdagi qanday garmonlarni bilasiz ?. 
2. Ichki sekretsib bezlariga qaysi bezlar kiradi ?. 
3.Samatotrop garmoni organizmga tasiri qanday ?. 
4.Bolalarning o‗sish, rivojlanishi va aqliy jihatdan yetilishida qaysi 
garmonlarning ahamiyati katta ?. 
5.Buyrak usti garmonlarini tariflang ?. 
6.Meda osti bezining ordanizmda ahamiyati nimada ?. 
7. Ichki sekretsiya bezlarini olib tashlaganda odam organizmida nimalar 
kuzatiladi ?. 
8.Garmonlarning moddalar almashinuvidagi ahamiyati nimada ?. 
9.Suniy garmonlarni qabul qilish qanday oqibatlarga olib keladi ?. 
10. Garmonlar organizmdagi qon bilan birgalikda qanday vazifani bajarishga 
ta‘sir ko‗tsatadi ?. 
 
YURAK QON-TOMIRLAR TIZIMINING TUZILISHI 
FIZIOLOGIYASI, YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
Qon aylanishi tizimi. Gubkalarda (suv jonivori-bulut) kanalchalardan 
tizilgan bo‗lib, ularda oziqlanish, nafas olish va ajratish manbalari 
hisoblanuvchi suyuqlik harakat qiladi. Kovakichlilar va quyi chuvalchanglarda 
oshqozon ritmik ravishda qisqaruvchi va gidrolimfa aylanib yuruvchi radial 
kanallarga chiqadi. Bo‗g‗imoyoqlilar va molyuskalarda (gemolimfa aylanib 
yuruvchi) ritmik qisqaruvchi tomirlardan tashkil topgan bo‗lib, ularning 
to‗qimalarga o‗tishda-lakunlarga o‗tadi, shu sababli bu jonzotlarda lakunarli 
yopiq bo‘lmagan qon aylanish tizimi faoliyat ko‗rsatadi. Birinchi yopiq qon 
aylanish tizimi yuqori darajali chuvalchanglarda kuzatilgan. Bu tizimda 
harakatlanayotgan qon hujayralargacha yetib bormaydi, to‗qimalar limfa bilan 
yuviladi. Yopiq qon aylanish tizimlari qorin va yelka tomirlaridan tashkil 
topgan bo‗lib, asosan yelka tomirlar qismini pulsi sezilarli bo‗ladi. 
Lansetnikda yurak rolini pulslanuvchi qorin tomiri bajaradi. 


109 
Past tabaqali umurtqalilarda yuraklar hosil bo‗ladi. Baliqlarda yurak 
ikki kamerali, amfibiyalarda esa uch kamerali va kichik qon aylanish doirasi 
rivojlangan. Quyi repiteliyalarda to‗rt kamerali yuraklar xuddi oliy darajadagi 
reptiliylardagi kabi yaxshi rivojlangan.
Muskulli yurakni hosil bo‗lishida arterial tizimni – venoz tizimi bilan 
bog‗lovchi, qaysiki yurak qorinchalarida rivojlanuvchi keskin ortuvchi bosim 
qarshiligini kapillyarlarda yuzaga kelishida asosiy rolni o‗ynaydi. 
Parranda va sut emizuvchilarni yuragi to‗rt kamerali bo‗lib, to‗lig‗icha 
o‗ng va chap qismlarga bo‗lingan ular bir-biri bilan faqat katta va kichik qon 
aylanish doiralari qon tomirlari orqali a‘loqada bo‗ladi. 
Qon tomirlari: arteriyalar, venalar va kapillyarlar. Arteriya qon 
tomirlari uchta po‗stloqdan iborat bo‗lib: tashqi-biriktiruvchi to‗qimalardan, 
o‗rta silliq muskul to‗qimalardan va ichki bir qatlamli yassi epiteliyalardan 
iborat bo‗ladi. Ular elastik va muskul tipidagi arteriallarga farqlanadi. 
Birinchi tipga aorta va o‗pka artteriyasi kirib, ularning o‗rtangi qatlami elastik 
tipdagi tolalardan tashkil topgan bo‗ladi. Muskul tipidagi arteriyalarga qolgan 
barcha arteriya tomirlari kiradi.
Venalar tuzilishi bo‗yicha arteriya tomirlariga juda o‗xshash, faqat 
ularning o‗rtangi qavati jiddiy darajada yupqa bo‗lib, ularda qonning orqaga 
qarab oqishiga qarshilik ko‗rsatuvchi klapanlar joylashgan. Venalar 
arteriyalarga nisbatan biroz keng.
Kapillyarlarning devorlari bir qavat epitelial hujayralardan tashkil 
topgan bo‗lib, ular orasida yulduzsimon qisqaruvchi 
Ruje
hujayralari 
joylashgan. 
Odamlar va sut yemizuvchi hayvonlarning qon tashuvchi tizimi 
nisbatan yopiq, qaysiki kapillyarlar devorlari katta miqdordagi suv bilan unda 
erigan to‗yimli moddalar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari 
uchun o‗tkazuvchan va ular orqali alveolalar epiteliya hujayralari va 
kapillyarlarning epitelial hujayralari orasida hamda kapillyarlar joylashgan 
to‗qima bilan kapillyarlarni epitelial hujayralari orasida gazlar almashinuvi 
kechadi. 
Tomirlar funksional jihatdan ham turlichadirlar va ular 6 guruhga 
bo‗linadi; 1)ammortizasiyalovchi tomirlar–aorta va o‗pka venasi, 2) qarshilik 
ko‗rsatuvchi–barcha katta va mayda arteriyalar; 3) almashinuv–barcha 
kapillyarlar; 
4) 
anastomoz–to‗g‗ridan 
to‗g‗ri 
arteriyalarni 
venalarga 
tutashtiradi; 5) sfinkterli–kapillyarlarga qon o‗tishini ta‘minlovchi sfinkterli 
tomirlar; 6) hajmli–kovak va katta hajmli venalar.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling