Va oliy nerv faoliyati


Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari. Har qanday 
ta‘sirga organizm o‗ziga xos tarzda javob beradi, beriladigan javobning amalga 
oshishi, ko‗rsatilayotgan ta‘sirotchining ta‘sir kuchiga bog‗liq bo‗ladi, 
shuningdek, organizmning markaziy asab tizimi tomonidan sodir qilinadigan 
o‗z reaktsiyasi bo‗ladi. Beriladigan javob ta‘sir kuchiga mos kelmasligi, 
kuchsizroq bo‗lishi, :kuchli yoki tashqi tomondan sezilmasligi mumkin. Bu esa 
ikki nerv holatining / qo‗zg‗alish va tormozlanishning o‗zaro ta‘siri orqali 
bo‗lishi mumkin.
Tormozlanish qaysidir reflekslarning zaiflashishi nerv sistemasining 
haddan ziyod qo‗zg‗alishiga va kuchsizlanishiga sabab bo‗ladi. Bir vaqtning 
o‗zida qo‗zg‗alish organizmning har qanday ta‘sirga javob reaksiyasini
ta‘minlaydi. Organizmning javob reaksiyalari bir-biridan ajralgan holda 
emas balki murakkab reflektor faktlarga birlashib sodir bo‗ladi. 


118 
I.P.Pavlov reflekslarni ikkiga: shartli va shartsiz refleksga ajratgan. 
«Shartsiz refleks» atamasi ta‘sirlovchining reseptorlarga ta‘siridan so‗ng 
shartsiz (muqarrar ravishda) paydo bo‗luvchi reflekslarni belgilash uchun 
kiritilgan. Masalan, og‗izga ovqat solinishi bilan so‗lak ajralishi, nina 
sanchilganda barmoqni tortib olish va hokazolar. Har qanday shartsiz refleks 
markaziy nerv sistemasining ko‗p bo‗limlari orqali ta‘minlanadi, lekin asosan u 
markaziy nerv sistemasining quyi pog‗onalari faoliyati (orqa miya, bosh miya 
o‗qi) bilan bog‗liq. Shartsiz reflekslar odam va hayvonlarning o‗ziga xos 
tug‗ma xatti-harakatini ta‘minlaydi, bu esa tug‗ilgandan keyin shartli refleks 
bilan birgalikda turg‗unlashadi. Ular ota-onadan meros qoladi va butun umr 
davomida saqlanadi. Shartsiz reflekslarga, masalan, oziqlanish, himoya va 
mo‗ljal olish reflekslari kiradi. 
Odam o‗z hayoti davomida ko‗nikish reaksiyalarini kasb etadi. Ular 
shartli qo‗zg‗aluvchilar bilan shartsiz reflektor faktlari o‗rtasidagi vaqtincha 
a‘loqalar asosida paydo bo‗ladi.
Shartli refleks shartli qo‗zg‗atuvchiga bog‗liq holda kelib chiqadi. 
Tashqi yoki ichki sharoitning har qanday o‗zgarishi biron shartsiz faoliyat bilan 
bir vaqtga to‗g‗ri kelsa, u shartli qo‗zg‗atuvchi bo‗la oladi. Masalan, doimiy 
ovqat vaqtida so‗lak oshqozon shirasining ajralishi, avval zaharlanishga olib 
kelgan ovqatning hidi yoki ko‗rinishidan ko‗ngil aynishi, limonni ko‗rish yoki 
eslash bilan so‗lak ajralishi, qandaydir faoliyatning stereotipligi va hokazolar 
shular jumlasidandir. 
Shartli reflekslarning shakllanishida bosh miya po‗stlog‗i katta rol 
o‗ynaydi. Agar paydo bo‗lgan shartli reflekslardan foydalanish zaruriyati 
bo‗lmasa, ular sekinlashadi va hatto yo‗qoladi, yangilari paydo bo‗ladi. 
Shuning uchun ham shartli reflekslarning biologik ahamiyati shartli 
reflekslarning tez almashinuvi natijasida organizmning yangi sharoitga 
moslashuvida ko‗rinadi. 
Shartli reflekslar hosil bo‗lishi uchun quyidagi sharoitlar zarur: 
1. Indifferent (shartli), ya‘ni shu javob reaksiyasiga xos bo‗lmagan 
qo‗zg‗atuvchining mavjudligi. 
2. Mustahkamlangan shartli qo‗zg‗atuvchining bir necha bor qaytarilishi, 
ya‘ni bir vaqtning o‗zida shartsiz refleks paydo qiluvchi qo‗zg‗atuvchi 
qo‗llanilishi kerak. 
3. Boshqa kuchli qo‗zg‗atuvchilar bo‗lmasligi. 
Shartli refleksning 30 ga yaqin turi ma‘lum. Shulardan o‗quv-tarbiya 
jarayoni bilan uzviy bo‗lgan bir necha turi ustida to‗xtalib o‗tamiz. Bular vaqt, 
sharoit va taqlid reflekslaridir. Bolaning xulqi yoki qandaydir faoliyatining 


119 
shakllanishida birinchi tartib shartli reflekslar muhim rol o‗ynaydi. Masalan, 
bolani bir vaqtda ovqatlantirish refleks uyg‗onishiga olib keladi. 
Bu esa ma‘lum vaqtga kelib, ochlik hissi uyg‗onishi natijasida, ya‘ni 
ovqat shartsiz reflekslari miya tuzilishiga ta‘sir ko‗rsatishi, ularni qo‗zg‗atib, 
uyg‗onishga olib kelishi oqibatida ro‗y beradi. Shunday qilib, bolaning xatti-
harakatini o‗zgartirish uchun vaqt shartli refleks signalidir. Bola katta 
bo‗lganida bu qo‗zg‗atuvchi saqlanadi, ammo uning xatti-harakatlari 
murakkablashadi va ovqat qabul qilishgacha bir qancha qo‗shimcha harakatlar 
bajarilishi kerak bo‗ladi: turish, yuvinish, kiyinish va hokazolar. 
Murakkab, ammo har doim muayyan izchillikda takrorlanadigan 
harakatlar ularning bir necha bor takrorlanuvchi bitta qo‗zg‗atuvchini qabul 
qilishi ta‘siridan paydo bo‗ladi. Bu ketma-ketlik bosh miya po‗stlog‗i va uning 
boshqa tuzilishlarida asta-sekin mustahkamlanadi va keyinchalik oson 
qaytarilishi 
mumkin. 
Buning 
uchun 
avval 
qo‗llangan 
barcha 
qo‗zg‗atuvchilarning ishlashi shart emas, qayd qilingan tartibda butun 
harakatning takrorlanishi uchun birgina qo‗zg‗atuvchi yetarli bo‗ladi. 
Rivojlanuvchi stereotipni qabul qilish odatda, avtomatik tarzda 
vaqt, sharoit qo‗zg‗atuvchilariga nisbatan paydo bo‗lgan birlamchi shartli-
reflektor javoblar sistemasi bilan mos holda bo‗ladi. Ishlab chiqilgan 
stereotipga yozuv, o‗qish, musiqa asboblari chalish, ovqatlanganda qoshiq, 
pichoqdan foydalanish, yugurish, sakrash, chang‗ida uchish, mashina haydash 
va ko‗pgina boshqa narsalar misol bo‗ladi. O‗quv-tarbiya jarayonini tashkil 
qilishda harakatning stereotipini ishlab chiqishda kun tartibiga uzoq vaqt rioya 
qilish katta ahamiyatga ega. 
Hosil qilingan stereotip har bir kishining o‗zini tutishi, xulqi 
asosida bo‗ladi va ular o‗zgarishlarga juda qiyin berilishini ko‗zda tutish kerak. 
Shuning uchun ham bolalarni hayotining dastlabki oylaridayoq o‗zini to‗g‗ri 
tuta bilishga ahamiyat berish, shu maqsadda ta‘lim-tarbiyaning mos keluvchi 
usullaridan foydalanish kerakki, toki kelajakda ularni qayta tarbiyalashga 
to‗g‗ri kelmasin. 
Reflektor faoliyatida taqlid reflekslari katta o‗rin tutadi, ular bolalar 
va o‗smirlarning kattalar va o‗z tengdoshlarining xatti-harakatlarini 
takrorlashida namoyon bo‗ladi. Xatti-harakat murakkablashganda bola bir 
qator aniq harakatlarni qabul qilishi mumkin bo‗ladi. 
Shartli reflekslar faqat biron bir xatti-harakatni sodir qilishda emas, 
balki bola shunday xatti-harakatni sodir qilishdan o‗zini tiygan hollarda ham 
namoyon bo‗ladi. Masalan, choynakdagi issiq choydan bir marta kuygan bola 
boshqa hech qachon unga yaqinlashmaydi. Bu holda mumkin bo‗lgan 


120 
reaksiyaning tormozlanishi namoyon bo‗ladi, bu esa erkin ravishda inson 
xohishi bilan amalga oshadi. 
Bola xatti-harakati bir butunligini tashkil etuvchi 
reaksiyalarning salbiy yoki ijobiy tomonlarini tushunib yetishi (shartli 
tormozlanish qo‗zg‗atuvchilariga) ancha samarali ta‘sir ko‗rsatish shaklidir.
Ichki tormozlanish asta-sekin shartli qo‗zg‗atuvchi qo‗llash bilan hosil 
qilinadi, bu qo‗zg‗atuvchilar avval hosil bo‗lgan shartli ijobiy reflekslarni
chetlashtiradi va ular yo‗qoladi.
Salbiy shartli reflekslarning paydo bo‗lishi bolalarning xulq-atvor 
normalari, bilim, ko‗nikmalar va boshqa harakatlarning qayta
o‗rganishlari masalalari bilan bog‗liq. Bu jarayon ilgari hosil qilingan va xatti-
harakatlar normasiga aylangan stereotipni o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lganligi 
uchun ham uzoq davom etadi va murakkab bo‗ladi. Shu bilan birga ichki 
tormozlanishning shakllanish jarayoni markaziy nerv sistemasini rivojlanish 
darajasiga bog‗liq bo‗lganligi uchun ham o‗z xususiyatlariga ega ekanligini
nazarda tutish lozim. Bolalarda shakllangan nerv tormozlanishi jarayoni 
maktab yoshida namoyon bo‗lishi uning yetuklik darajasidan guvohlik
beradi.
Tormozlanish jarayoni rivojlanishining o‗ziga xos
xususiyatlari qo‗zg‗alish jarayonining kuchsizlanishida, xatti-
harakatlarning birmuncha mo‗tadillashuvida namoyon bo‗ladi.O‗quv-tarbiya 
jarayonini tashkil qilishda dominantalar nomi bilan mazkur hodisalar muhim 
ahamiyatga ega. 
Dominantalar ko‗pgina ruhiy jarayonlar bilan bog‗liq, bular: his 
etish, qabul qilish, fikrlash, xotira, xayol, diqqat kabilar bo‗lib, ular faoliyatni 
ta‘minlovchi bosh miya bo‗lmalari vazifalarining mutanosibligini talab qiladi. 
Bu atama insonning ayni shu vaqtda kuchliroq bo‗lgan-reflektor faoliyati 
haqida gapirmoqchi bo‗lgan holatda ishlatiladi. U 1923 yilda A.A.Uxtomskiy 
tomonidan taklif etilgan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling