Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nazorat savollari
1. Bolalarda ayirish organlari qanday tuzilgan? 2. Siydik ayirish organlari ketma-ketligini izohlab bering? 3. Bolalar va o‗smirlarda buyraklar qanday tuzilgan? 4. Nefronlar qanday vazifalarni amalga oshiradi? ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI Odam organizmida uch xil bez bo‗ladi: Tashqi syekryetsiya bezlari.Tashqi syekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‗, sut, so‗lak (quloq oldi, til osti va jag‗ osti) hamda me`da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi.Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi.Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi. Ba'zi olimlarning fikricha, jigar ham eng katta tashqi sekretsiya 83 bez hisoblanadi, ya'ni ishlab chiqariladigan o‗t suyuqligi ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi. Ichki syekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‗lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. Aralash bezlar. Bularning to‗qimasi ikki qismdan iborat bo‗lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik huddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o‗xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa huddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga chiqariladi. Bularga me`da osti va jinsiy bezlar kiradi. Umurtqali hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me‘da osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, plasenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo‗zg‗ataman) deyildi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilgandan so‗ng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va to‗qimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki to‗qimalardagi hayotiy jarayonlarining belgili tomonlariga ta‘sir qilib, ular faoliyatini o‗zgartiradi. Gormonlar ta‘siri uch xil yo‗nalishda amalga oshadi: Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling