Va oliy nerv faoliyati
Ko‘krak - qovurg‘a bilan nafas olish
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar
1. Ko‘krak - qovurg‘a bilan nafas olish.
2. Qorin - diafragma bilan nafas olish. 3. Ko‘krak - qorin bilan, yoki aralash nafas olish. Ishning bajarilishi. Qurilma shisha idishdan iborat bo‗lib uning tagi aylana qilib kesilgan va rezina parda bilan o‗rab yopilgan, bu yesa diafragma vazifasini o‗taydi. Shisha idish og‗zi po‗kak bilan mahkamlangan va po‗kak orqali idish ichiga ikkita shisha nay o‗tkazilgan. Shisha idish ichidagi o‗ng tomonda joylashgan nayning uchiga baqaning o‗pkasi yoki yasama rezina o‗pka kanyula orqali mahkamlangan. Chap tomondagi nay qisqich bilan berkitiladi va o‗ng tarafdagi nay ochiq holda turadi. Rezina diafragma parda pastga tortilib, o‗pka hajmining kengayishi kuzatiladi. A B C 15-Rasm. A-Suvli spirometr. B, C- Zamonaviy havo spirometrlari. Rezina diafragma pardani ichkariga bosganda o‗pka hajmining kichrayganligi kuzatiladi. Yana qaytadan diafragma pardani tortib, uni qo‗yib 80 yubormasdan qisqich ochib yuboriladi. Bunday holda idishning ichiga havo kiradi va o‗pka bujmayib qoladi. Naylar ochiq holida (ochiq pnevmotoraks) diafragmani ko‗tarib tushirish bilan nafas olish va chiqarish mumkin emasligiga ishonch hosil qilamiz. Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar 1. Nafas deb nimaga aytiladi? 2. Nafas olish mexanizmini tushuntiring? 3. Nafas chiqarish mexanizmini tushuntiring? 4. Qovurg‗alararo tashqi va ichki tishsimon muskallar faoliyatini tushuntiring? 5. Nafas olish tezligi va tiplarini ayting. BOLALAR VA O‘SMIRLARDA BUYRAKLAR FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. Ayirish organlarining tuzilishi va xususiyatlari. Ovqat tarkibida iste‘mol qilingan oqsil, yog‗, uglevodlar, suv, tuzlar oshqozon-ichaklardan qonga so‗rilib, jigarga boradi. U yerda keraksiz zaharli moddalardan tozalanib, yana qon orqali tananing barcha to‗qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda bu moddalar o‗z navbatida ma‘lum tarkibiy qismlarga parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zaharli bo‗lgan moddalar –siydik kislotasi, azot qoldig‗i, mochevina, karbonat angidrid kabilar hosil bo‗ladi. Bu zaharli moddalar hujayralardan qonga o‗tib, ayirish organlari orqali organizmdan chiqarib yuboriladi. Ayirish a‘zolariga: buyraklar, teri, o‗pkalar va hazm organlari kiradi. Gazsimon moddalar (CO 2 ) nafas olish organlari orqali tashqariga ajratiladi. Hazm organlari orqali esa, qoldiq oziq moddalar tashqi muhitga ajratib yuboriladi. Organizm uchun o‗ta havfli hisoblangan siydik kislota, qoldiq azot, ba‘zi tuzlar suvda erigan xolda buyraklar orqali siydik tarkibida tashqariga ajratiladi. Suv va tuzlarning bir qismi teri orqali ham tashqariga ajratiladi. Shunday qilib, ayirish –odam organizmi uchun o‗ta muhim fiziologik jarayon bo‗lib, uning natijasida organizm moddalar almashinuvidan hosil bo‗lgan qoldiq, zaharli moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling