Va oliy nerv faoliyati


Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar. Nafas 
tizimi –nafas yo‗llari, o‗pka, nafas muskullari va nafasni boshqaruvchi 
mexanizmlarga ajratiladi. Nafas yo‘llari-odatda yuqori, o‗rta va pastki nafas 
yo‗llariga ajratiladi. Yuqorigi nafas yo‗llariga burun va tomoq kiradi. 
Chaqaloqning burni nisbatan kichik bo‗ladi. Yuqorigi va o‗rta burun yo‗llari
ancha kalta 1 mm atrofida bo‗ladi. Shu sababdan bola burun orqali nafas olganida 
havoning o‗tishiga qarshilik yuqori bo‗ladi.Chaqaloqning og‗iz orqali nafas olishi 
qiyin, chunki til xiqildoq usti tog‗ayini orqaga surib, havo yo‗lini to‗sib qo‗yadi. 
Go‗dakning tomog‗i ham kichkina va tor bo‗ladi. 
O‘rta havo yo‘llari- hiqildoq, kekirdak va bronxlardan tashkil topgan. Uch 
yoshgacha o‗g‗il va qiz bolalarda hiqildoqda farq bo‗lmaydi. To‗rt yoshdan 
boshlab o‗g‗il bolalar hiqildog‗i tez o‗sa boshlaydi. O‗n yoshga borib o‗g‗il 
bolalar ovozi ham o‗zgarishga uchray boshlaydi. Bola tug‗ilganida uning o‗pkasi 
ancha nozik bo‗ladi. Chaqaloq o‗pkasida hammasi bo‗lib, 20 million pufakchalar 
(alveolalar) uchraydi. Bu pufakchalar tashqaridan kirgan xavoni o‗zida saqlab 
turishda xizmat qiladi. Bola hayotining birinchi uch oyi davomida o‗pkasi 
og‗irligi ikki marta -50 g.dan 95 g gacha ortadi. Sakkiz yashar bolaning o‗pkasi 
og‗irligi chaqaloqnikidan 8 marta, 12 yoshar bolaniki 10 marta, kattalarniki esa 20 
marta ko‗p. Bolalar va o‗smirlarda nafas olish va chiqarish jarayonini –uzunchoq 
miyada joylashgan nafas markazi tartibga solib, boshqarib boradi. 
Uzunchoq miyada nafas olishni ta‘minlab turadigan ko‗plab neyronlar 
bo‗lib, bu neyronlar avtomatik tarzda ishlaydi. Nafas olish va chiqarish jarayonida 
ko‗krak qafasi muskullari, diafragma muskullari( diafragma odamning ko‗krak va 
qorin bo‗shlig‗ini ajratib turuvchi parda), tashqi va ichki qovurg‗alararo muskullar 
ishtirok etadi. Bola nafas olganida ko‗krak qafasi bir oz yuqoriga ko‗tariladi, 
o‗pkaga xavo kiradi,tashqi qovurg‗alararo muskullar va diafragma muskullari 
qisqaradi ya‘ni nafas olish yuzaga keladi. Nafas chiqarilganida ko‗krak qafasi 
kichrayadi, o‗pkadagi xavo ichki qovurg‗alararo muskullar va qorin muskullari 
faoliyati natijasida tashqariga katta bosim ostida siqib chiqarib yuboriladi. 
Demak,bolada nafas olish va chiqarish jarayonlari ana shu tariqa amalga oshiriladi. 


76 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling